O'zbekistonga elektron viza olish uchun qaysi davlat fuqarolari eng ko'p murojaat qildi?

2018 yil 15 iyuldan boshlab O'zbekistonda turistik maqsadlarda mamlakatga kirish uchun elektron vizalarni rasmiylashtirish va berish tizimi joriy etildi. Kun.uz’ga xabar berishlaricha, joriy yilning 15-19-iyul kunlari 534 nafar xorijlik fuqaro elektron vizani olish uchun murojaat qilgan.

35 mamlakatdan elektron viza olish uchun ariza berildi. Ular orasida Xitoy, AQSh va Buyuk Britaniya yetakchilik qilmoqda. Xususan, Xitoydan 100ta murojaat, AQSh - 82, Buyuk Britaniyadan 54ta murojaat kelib tushdi.

Ta`kidlanganidek, 265 nafar fuqaro vizalarni olib bo'ldi, 269 murojaat esa tegishli tashkilotlar tomonidan ko'rib chiqilmoqda.

Xabar qilinishicha, rad javobini berish holatlari kuzatilmagan.

Eslatib o'tamiz, ushbu tizim xorijiy fuqarolarning respublikaning chet eldagi diplomatik vakolatxonalari, konsullik muassasalariga turistik vizani rasmiylashtirish uchun majburiy murojaat qilish tartibini bekor qilishni nazarda tutadi.

Chet el fuqarosiga elektron vizalar O'zbekiston hududida 30 kun muddat davomida bir marta bo'lish uchun beriladi. Viza berilgan kundan boshlab 90 kun davomida amal qiladi.

Elektron vizani rasmiylashtirish va ro'yxatdan o'tkazish uchun arizalarni ko'rib chiqish muddati ariza topshirilgan kunni hisobga olmagan holda ikki ish kunini tashkil etadi.

Elektron vizani rasmiylashtirish uchun ariza O'zbekiston Respublikasiga tashrif buyurish rejalashtirilgan sanadan kamida uch ish kuni oldin taqdim etilishi kerak.

Elektron vizani berish to'g'risidagi murojaatni ko'rib chiqish uchun konsullik yig'imi - 20 AQSh dollari.

To'lov xalqaro to'lov tizimlari orqali elektron ko'rinishda amalga oshiriladi.


Комментарии (0) | Добавить: 20.07.2018
Faqat ro'yhatdan o'tgan foydalanuvchilar izoh qoldirishi mumkin. Marhamat ro'yhatdan o'ting!
[ Регистрация | Kirish ]
Поиск MP3 и Клипы

«Новости»

Toshkentda ilk KFC restorani sentabrda ochiladi
OAV: Toshkentning tungi klublari endi tunda ishlamaydi, Aurum 898 esa yopildi
Nega deyarli barcha samolyotlar oq rangga bo‘yaladi?
Toshkentdagi Inha universitetiga 32 yoshli rektor tayinlandi
O‘zbekistonda Qurbon hayiti sanasi ma’lum bo‘ldi
Xaridlar uchun to'lov terminallarida xavfli kamchilik aniqlandi
Shahram G'iyosov navbatdagi jangini kimga qarshi o'tkazishi ma`lum bo'ldi
Besh soat qoidasi yoki Bill Geyts, Jyek Ma va Ilon Maskning samaradorlik sirlari
Messi «Barselona» tarixidagi eng ko'p sovringa ega futbolchiga aylandi
Ochiq Wi-Fi tarmoqlaridan xavfsiz foydalanish bo'yicha 7 maslahat
Xakerdan maslahatlar: Qanday qilib murakkab parolni yaratish va uni osongina eslab qolish mumkin?
Buyuk Xitoy devorining boshi va oxiri
Telefon trubkasini ko'targanda nima uchun “allo” deymiz?
Dizayn” jamoasining litsenziyasi bekor qilindi
Muvaffaqiyatli rahbarlarga xos bo'lgan to'rt sifat
Birinchi xalqaro konferensiyadan Shavkat Mirziyoyevning ko‘ngli to‘lmadi
Odamlarga yoqishingizda yordam beradigan 10ta psixologik maslahat
Xitoylik kishi nabirasi tufayli kuniga 20 soat «Pokemon Go» o‘ynamoqda
Jala tufayli Pekindagi sayyohlik ob’yektlari yopib qo‘yildi
Ka’baning eshigini buzmoqchi bo‘lgan kimsa qo‘lga olindi
Shoygu Germaniyani Rossiya bilan kuch orqali gaplashishdan ogohlantirdi
«Barselona»ning eng asosiy 4 transfer maqsadi ma`lum qilindi
Milliy stadion oldidagi ko‘prik qurilishi qanchaga tushdi?
Respublikada yengil avtomobillar ishlab chiqarish hajmi oshdi
O'zbekiston benzin ishlab chiqarishni ko'paytirdi
Oliy ta`lim to'g'risidagi yangi nizomning tasdiqlanishi kutilyapti
Tramp Kane Uestni maqtadi
Qozog‘istonda 88 ta xorijiy telekanal o‘z ishini to‘xtatdi
«Barselona» yangi sardorni tayinladi
«O'zbektelekom» rahbariyatidagi o'zgarishlar sababi ma`lum bo'ldi