У нас есть только
оригинальные песни

O'zbekistonlik boks ishqibozi Muhammad Alining dafn marosimida qatnashdi

calendar 12.06.2016
1318

2016 yilning 3 iyun kuni AQShlik afsonaviy bokschi Muhammad Ali vafot etdi. Uning dafn marosimi ochiq tarzda shakllantirilib, vidolashuv marosimiga qatnashish uchun tekin chiptalar tarqatildi. Boks qiroli bilan xayirlashuv onlariga dunyoning ko'plab mashhur shaxslari ishtirok etdi. Bundan tashqari, uning minglab muxlislari ham ushbu dafn tadbirida qatnashishdi. Ana shunday muxlis sifatida AQShda istiqomat qiluvchi boks muxlisi, o'zbekistonlik Shohruhni aytib o'tish lozim.
Shohrux dafn marosimini o'zining feysbuk sahifisi orqali to'g'ridan-to'g'ri namoyish etib turdi va marosimdan so'ng ko'plab sport muxlislari qatorida sportchi yashagan xonadonda ham bo'ldi.

 

Яндекс.Метрика