У нас есть только
оригинальные песни

O'zbekistonlik bokschilar Fransiyadagi xalqaro turnirda birinchi o'rinni egalladi

calendar 15.04.2018
871

Boks bo'yicha O'zbekiston terma jamoasi Fransiyada o'tkazilgan A toifasiga kiruvchi xalqaro turnirda muvaffaqiyatli ishtirok etdi. Bu haqda O'zbekiston boks federatsiyasi matbuot xizmati «Kun.uz»ga xabar berdi.

Manbaning ma`lum qilishicha, musobaqada ishtirok etgan o'zbekistonlik 8 nafar bokschining barchasi sovrinli o'rinlardan joy olishgan. Nufuzli xalqaro turnirda Italiya, Angliya, Hindiston kabi jami 24ta davlatdan 140 nafar bokschi ishtirok etgan bo'lib, Markaziy Osiyodan yagona vakil sifatida aynan O'zbekiston terma jamoasi Fransiyaga tashrif buyurgandi. 

O'zbekistonlik bokschilardan Abdulhay Shorahmatov (-56 kg), Shukur Rahimov (-60 kg), Aliyor Noraliyev (-64 kg), Fazliddin Meliboyev (-69 kg), Odiljon Aslonov (-75 kg), Sardor Yormuhammedov (-91 kg) barcha raqiblarini mag'lubiyatga uchratib, musobaqa oltin medallarini qo'lga kiritishgan. 

Madiyor Saidrahimov (-81kg) kumush, Ulug'bek Mubinov (+91kg) esa bronza medal bilan kifoyalandi. Musobaqa g'oliblariga turnirning maxsus chempionlik kamarlari ham topshirildi. Umumjamoa hisobida O'zbekiston terma jamoasi birinchi o'rinni egalladi.

Manba: kun.uz

Яндекс.Метрика