У нас есть только
оригинальные песни

O'zbekistonlik mehnat muhojirlari Shimoliy Koreya fuqarolarining o'rnini bosishi mumkin

calendar 12.01.2018
1258

Shimoliy Koreya​dan kelib, Vladivostokda ishlamoqchi bo'lgan mehnat muhojirlari o'rnini o'zbekistonliklar to'ldirishi mumkin. Bu haqda gubernator vazifasini bajaruvchi Andrey Tarasenko ma`lum qildi.
Gap shundaki, BMT Xavfsizlik Kengashi tomonidan 2375-son rezolyutsiya qabul qilinganidan so'ng, Rossiya Federatsiyasi prezidenti Vladimir Putin mamlakatda mazkur hujjatga amal qilish bo'yicha farmoyishni imzolagandi. Unga ko'ra, Primorya hududiga ish izlab kelgan koreyalik muhojirlarni qonuniy tartibda ishga qabul qilish taqiqlandi. 

Yaponiya hukumati ham Rossiyadan 25 mingga yaqin KXDR fuqarolariga ish bermaslikni so'rab, diplomatik nota yuborgan. Endilikda A.Tarasenko bo'shab qolgan ish o'rinlarini O'zbekiston fuqarolari bilan to'ldirish imkoniyatidan foydalanmoqchiligini ma`lum qilgan. Shunga qaramay, ishga joylashtirilgan 10 ming nafar KXDR fuqarolari RFda faoliyatini davom ettirishi e`lon qilindi.

Uning aytishicha, O'zbekiston Respublikasining Vladivostokdagi konsullik idorasi xodimlari bilan o'rnatilgan tartibda muzokaralar boshlangan.

Яндекс.Метрика