У нас есть только
оригинальные песни

O'zbekistonlik xonandaning klipi xalqaro ELLO kanali efirida paydo bo'ldi

calendar 27.12.2015
2091

                     

Yosh ijodkor Kamillaning "Illyuziya" deb nomlangan taronasiga ishlangan videoklip Youtubedagi mashxur kanalning efiridan joy oldi.

Bu xaqda Kamillaning o'zi Facebookdagi sahifasida xabar berdi.
Shu kunlarda MY5 telekanalida o'zbek tilidagi “Meni sevmaganday” qo'shig'i uchun ishlangan klipni kuzatish imkoni bor.

27 dekabr kuni esa ushbu 3D formatidagi to'liq animatsion klipning rus tilidagi nusxasining ilk namoyishi xalqaro ELLO kanalida bo'lib o'tdi.

Avval xabar berilganidek klip «Pomidor entertainment» prodyusserlik markazi tomonidan tayyorlangan. Klipni tayyorlash jarayoni 3 oy davom etgan.

Klipdagi bosh qaxramon Kamillaning o'zidan chizib olingan.

Kamilla - yosh, iste'dodli xonanda. Ijodini 4 yoshidan Toshkentdagi "Alladin" estrada guruhidagi ilk chiqishlaridan boshlagan. 2009 yil fortepiano yo'nalishi bo'yicha musiqiy maktabni a'lo baholar bilan tamomlab, Estrada va Sirk kollejining "Estrada vokali" fakultetiga o'qishga kirgan. 2012 yil esa O'zbekiston san'at va madaniyat institutining talabasi bo'lgan. 2015 yil "Pomidor entertainment" prodyuserlik markazi bilan shartnoma imzolab, bugungi kunda "Kamilla" taxallusi ostida ijod qilmoqda.

ELLO – dunyodagi 50ta eng mashxur Youtube kanallaridan biri. Ushbu kanal jaxon estradasining yorqin yulduzlarining sifatli kliplarini tomosha qilishga imkon beradi.

Яндекс.Метрика