У нас есть только
оригинальные песни

O'zbekistonliklar La Liganing barcha o'yinlarini bepul tomosha qilishlari mumkin

calendar 20.08.2015
3149

Еvropadagi yirik Internet televideniesi O'rta Osiyo, Boltiqbo'yi va MDH davlatlarida Ispaniya chempionati o'yinlarini namoyish etishni boshlaydi. LAOLA1.tv sayti Bundesliga ortidan La Ligani ham namoyish etadi. Kanal orqali juma, 21 avgustdan Malaga va Sevilya jamoalari o'yinlari bilan boshlanuvchi futbol bo'yicha Ispaniya chempionatining barcha o'yinlarini tomosha qilish mumkin. O'rta Osiyo, Boltiqbo'yi va MDH mamlakatlari aholisi Ispaniya oliy divizionidagi barcha uchrashuvlarni bepul tomosha qilishlari mumkin. 21 avgust kuni kechqurun tomoshabinlar Еvropa Ligasi g'olibi "Sevilya"ning "Malaga"ga qarshi o'yinini ko'rishadi. Shanba kuni esa bir vaqtda bir qancha o'yinlar, jumladan, "Valensiya" va "Rayo Valekano" o'rtasidagi uchrashuvni tomosha qilish mumkin. Yakshanba, 23 avgustda esa yana bir qator mashhur jamoalar: "Barselona" "Atletik"ga, "Real Madrid" "Sporting"ga qarshi maydonga chiqadi. Ispaniya futbol divizionining birinchi turi dushanba, 24 avgust kuni "Granada" va "Eybar" matchi bilan nihoyasiga etadi. Ispan stadionlaridan to'g'ridan-to'g'ri efir ingliz tilidagi sharhlar bilan olib boriladi. O'yinlarni esa Latviya, Litva, Estoniya, Belarus, Qozog'iston, Qirg'iziston, Moldaviya, Ozarbayjon, Tojikiston, Armaniston, Turkmaniston va O'zbekiston aholisi tomosha qilishi mumkin. Futboldan tashqari, kanal orqali xokkey, voleybol, avto- va motosport dunyosiga oid ko'plab o'yinlarni ham tomosha qilish mumkin. Saytning to'liq shaklida barcha videolarni tomosha qilish bepul. Oyiga 3,99 evro evaziga premium-obuna bo'lganlar esa kamroq reklamaga ega HD sifatdagi videolavhalarni ko'rib borishlari mumkin. To'g'ridan-to'g'ri uchrashuvlarni Android, iOS va SmartTV ilovalar orqali ham kuzatish imkoni mavjud. Kanalga La Liga bilan birgalikda, quyidagi chempionatlar videotavsirlari ham joylashtirilgan: Futbol: Germaniya (rus tilidagi sharhlari bilan), Belarus, Ozarbayjon, Ukraina, Sloveniya chempionatlari; UЕFA Еvropa Ligasi saralash turlari; ko'plab o'rtoqlik uchrashuvlari; Avstriyaning birinchi va ikkinchi ligasi. Voleybol: Rossiya superkubogi; voleybol va sohil voleyboli bo'yicha Rossiya chempionatlari; Еvropa voleybol konfederatsiyasi (CEV) chempionlar ligasi; ЕKV kubogi; ЕKVga chaqiruv kubogi; ЕKV Еvropa kubogi; dunyo voleybol ligasi (FIVB); dunyo Gran-prisi; dunyo, Gretsiya va Xorvatiya chempionatlari. Gandbol: Rossiya superligasi; Ispaniya va Avstriya chempionatlari; ЕGF chempionlar ligasi; ЕGF kubogi; ЕGFga chaqiruv kubogi; ЕFGga saralash turi va boshqalar. Stol tennisi: xalqaro va Еvropa stol tennisi assotsiatsiyalarining ahamiyatga molik hodisalari, Еvropa chempionati, Еvropa o'smirlar chempionati, klublar musobaqalari va boshqalar. Avto- va moto poygalar: ralli bo'yicha dunyo chempionati (WRC), WRC, Red Bull Air Race akademiyalari, Formula-1. Xokkey: nemis xokkey ligasi (DEL); avstriya xokkey ligasi (EBEL); xokkey bo'yicha Avstriya xokkey assotsiatsiyasi o'yinlari; Avstriya-Sloveniya internatsional ligasi. Basketbol: basketbol bo'yicha Germaniya chempionati (Beko BBL); Boltiq basketbol ligasi; basketbol bo'yicha Litva chempionati. Shuningdek, LAOLA1.tv mini futbol bo'yicha Rossii chempionati va badminton, regbi, beysbol singari boshqa sport turlari bo'yicha musobaqalarni ham namoyish etadi.
Яндекс.Метрика