У нас есть только
оригинальные песни

O'zbekistonliklar tez orada quyosh energiyasidan faol foydalana boshlashadi

calendar 25.02.2018
1033

O'zbekistonda quyosh energiyasidan foydalanish uchun o'ta qulay iqlim sharoiti mavjud. O'ta qulay geografik joylashuv jihatdan yilning 85–87 foiz kunlarida quyoshli osmon bo'ladi.

Qayta tiklanuvchi energiya manbalarini qo'shib hisoblaganda bu borada O'zbekistonning energetik salohiyati 98,5 foizni tashkil etadi. Aynan mana shu energiyadan to'g'ri va unumli foydalanilsa, aholining ijtimoiy sharoitini yanada yaxshilash mumkin.

Quyosh energiyasidan foydalanishni ommalashtirish maqsadida O'zbekiston innovatsion rivojlanish vazirligi, Milliy energotejash kompaniyasi, Xalqaro quyosh energiya instituti va muqobil energetika klubi hamkorlikda «O'zbekistonda quyosh energiyasidan foydalanish va uni rivojlantirishda innovatsion yondashuv: Muammolar va ularni yechish yo'llari» mavzusida davra suhbatini o'tkazdi.

Uchrashuv davomida mutaxassislar tomonidan quyosh energiyasi uskunalarini respublikamizga keng joriy etish, aholi va tadbirkorlarni bunga jalb etishning maqbul tarif turlari, yashil tarif — xususan, mavjud an`anaviy issiqlik elektrostansiyalar hududida sinov tariqasida quyosh stansiyalarga asos solish masalalari muhokama qilindi.

Davra suhbati yakunida O'zbekistonda quyosh energiyasini rivojlantirishning muhim yo'nalishlarini belgilandi. Tez orada dastlabki quyosh stansiyalari qaysi manzillarda joriy etilishi ma`lum qilinadi.

Яндекс.Метрика