O'zbekistonliklar vizasiz borishi mumkin bo'lgan davlatlar

Yosh faslining kirib kelishiga ham oz fursat qoldi. Ko'pchilik yozgi ta'tilga chiqadi, yana kimlardir issiqdan qochib, boshqa mamlakatlarga sayohat uchun jo'nab ketadi. Biroq ba'zida ayrim davlatlarga borish uchun viza talab qilinadi. Hujjatlar tayyorlash, viza tayyor bo'lishini kutish va doimiy yugur-yugurlar insonni holdan toydiradi.

Biroq ayrim mamlakatlar O'zbekiston uchun vizasiz rejimni joriy qilgan bo'lib, siz bu davlatlarga belgilangan muddat ichida borib kelish imkoniga egasiz. Vot.uz nashri viza talab qilmaydigan davlatlar ro'yxatini tuzib chiqdi. Ular bilan tanishing: 

Rossiya
Uchish vaqti: 4 soat 10 daqiqa
Yoningizda bo'lishi shart:
— O'zbekiston fuqarosi pasporti;
•  Tashrif maqsadi so'ralishi mumkin.
Mamlakatda qolishning maksimal muddati — tashrif vaqtidan boshlab 90 kun.

Belarus respublikasi
Uchish vaqti: 5 soat 15 daqiqa
Yoningizda bo'lishi shart:
— O'zbekiston fuqarosi pasporti;
•  Tashrif haqidagi arizani to'ldirish so'ralishi mumkin.
Mamlakatda qolishning maksimal muddati — tashrif vaqtidan boshlab 90 kun.

Qozog'iston
Uchish vaqti: 1 soat 30 daqiqa
Yoningizda bo'lishi shart:
— O'zbekiston fuqarosi pasporti;
Mamlakatda qolishning maksimal muddati — tashrif vaqtidan boshlab 90 kun.

Ozarbayjon
Uchish vaqti: 2 soat 55 daqiqa
Yoningizda bo'lishi shart:
— O'zbekiston fuqarosi pasporti;
Mamlakatda qolishning maksimal muddati — tashrif vaqtidan boshlab 90 kun.

Moldoviya
Uchish vaqti: 8 soat 30 daqiqa
Yoningizda bo'lishi shart:
— O'zbekiston fuqarosi pasporti;
Mamlakatda qolishning maksimal muddati — tashrif vaqtidan boshlab 90 kun.


Tashrifdan so'ng viza bosiladi

Laos
Qaerda: Janubi-Sharqiy Osiyo
Uchish vaqti: 5 soat 18 daqiqa
Yoningizda bo'lishi shart:
— O'zbekiston fuqarosi pasporti;
—OVIR stikeri;
— qaytish chiptasi;
— yashash uchun band qilingan mehmonxona raqami;
Vizaning narxi 30 dollarni tashkil etishi mumkin.
Mamlakatda qolishning maksimal muddati — tashrif vaqtidan boshlab 30 kun.

Makao
Qaerda:  Sharqiy Osiyo
Uchish vaqti: 7 soat, almashinuv parvozlarini hisobga olmagan holda
Yoningizda bo'lishi shart:
— O'zbekiston fuqarosi pasporti;
—OVIR stikeri;
— qaytish (avia, avtobus, kema) chiptasi, yoki uchinchi mamlakatga olingan chipta;
— yashash uchun band qilingan mehmonxonani tasdiqlovchi hujjat ( odatda, mehmonxona saytidan ko'chirib olingan qog'oz nusxasi ham etadi);
Vizaning narxi 13 dollarni tashkil etishi mumkin.
Mamlakatda qolishning maksimal muddati — tashrif vaqtidan boshlab 30 kun.

Tailand
Qaerda: Janubi-Sharqiy Osiyo
Uchish vaqti: 5 soat 34 daqiqa, (Toshkent-Bangkok)
Yoningizda bo'lishi shart:
— O'zbekiston fuqarosi pasporti;
—OVIR stikeri;
— qaytish (avia, avtobus, kema) chiptasi, yoki uchinchi mamlakatga olingan chipta;
— yashash uchun bron qilingan mehmonxonani tasdiqlovchi hujjat;
— 2ta rangli fotosurat;
Vizaning narxi 13 dollarni tashkil etishi mumkin.
•  Tailandga kirib kelish bilanoq so'rovnoma va bojxona deklaratsiyasi to'ldiriladi 
•  Viza olish 35 dollarni tashkil qiladi
•  Bangkok aeroportining Migratsion xizmati tashrif buyurgan sayyohlardan pul yoki bank kartalarini ko'rsatishni so'rashi mumkin. Sayyohlarning yonidagi eng kam mablag' 500 dollar bo'lishi talab etiladi.
Mamlakatda qolishning maksimal muddati — tashrif vaqtidan boshlab 15 kun.

Malayziya
Qaerda: Osiyo
Uchish vaqti: 7 soat 35 daqiqa, (Toshkent- Kuala-Lampur)
Yoningizda bo'lishi shart:
— O'zbekiston fuqarosi pasporti;
—OVIR stikeri;
— qaytish chiptasi;
— sayyohlik vaucheri;
Mamlakatda qolishning maksimal muddati — tashrif vaqtidan boshlab 30 kun.

Maldiv orollari
Qaerda: Janubiy Osiyo
Uchish vaqti: 5 soat 22 daqiqa, almashinuv parvozlarini hisobga olmagan holda
Yoningizda bo'lishi shart:
— O'zbekiston fuqarosi pasporti;
—OVIR stikeri;
— qaytish chiptasi;
— sayyohlik vaucheri;
— mamlakatda bir kun yashash uchun 50-100 dollar qiymatida pul mablag'i;
— 14 yoshgacha bo'lgan bolalar bilan sayohat qilinganda ularni ota-ona pasportiga yopishtirilgan surat bilan yozib qo'yish;
Mamlakatda qolishning maksimal muddati — tashrif vaqtidan boshlab 30 kun.

Kamboja
Qaerda: Janubi-Sharqiy Osiyo
Uchish vaqti: 6 soat 7 daqiqa
Yoningizda bo'lishi shart:
— O'zbekiston fuqarosi pasporti;
—OVIR stikeri;
— pasport formatidagi bitta fotosurat;
Vizaning narxi 20 dollarni tashkil etishi mumkin.
Mamlakatda qolishning maksimal muddati — tashrif vaqtidan boshlab 30 kun.

Dominikan Respublikasi
Qaerda: Shimoliy Amerika, Gaiti oroli
Uchish vaqti: taxminan 17 soat
Yoningizda bo'lishi shart:
— O'zbekiston fuqarosi pasporti;
—OVIR stikeri;
— sayyohlik vaucheri;
— barcha kerakli sahifalar tushirilgan pasport nusxasi;
— 3*4 formatidagi ikkita surat va to'ldirilgan so'rovnoma;
— bankdagi hisobda eng kamida 1000 dollar qayd etilgan hujjat ko'chirmasi;
Mamlakatda qolishning maksimal muddati — tashrif vaqtidan boshlab 21 kun.

Barbados
Qaerda: Shimoliy Amerika
Uchish vaqti: 26 soat 7 daqiqa, yo'lda ikkita almshinuv parvozi bilan
Yoningizda bo'lishi shart:
— O'zbekiston fuqarosi pasporti;
—OVIR stikeri;
— sayyohlik vaucheri;
— barcha kerakli sahifa tushirilgan pasport nusxasi;
— qaytish chiptasi;
Mamlakatda qolishning maksimal muddati — tashrif vaqtidan boshlab 28 kun.

Ekvador
Qaerda: Janubiy Amerika
Uchish vaqti: 22 soat 15 daqiqa, almashinuv parvozlarini hisobga olmagan holda
Yoningizda bo'lishi shart:
— O'zbekiston fuqarosi pasporti;
—OVIR stikeri;
Bolalar uchun vaktsinatsiya o'tkazish tavsiya etilgan.
Mamlakatda qolishning maksimal muddati — tashrif vaqtidan boshlab 90 kun.

Kuka oroli
Qaerda: Okeaniya
Yoningizda bo'lishi shart:
— O'zbekiston fuqarosi pasporti;
—OVIR stikeri;
— sayyohlik vaucheri;
— barcha kerakli sahifa tushirilgan pasport nusxasi;
— pul mablag'lari borligini tasdiqlovchi hujjat (kuniga 70 yangi zellandiya dollari)
— band qilingan mehmonxonani tasdiqlovchi hujjat;
Mamlakatda qolishning maksimal muddati — tashrif vaqtidan boshlab 30 kun.

Palau
Qaerda: Okeaniya
Uchish vaqti: 9 soat 13 daqiqa, almashinuv parvozlarini hisobga olmagan holda
Yoningizda bo'lishi shart:
— O'zbekiston fuqarosi pasporti;
—OVIR stikeri;
— pul mablag'i (haftasiga 200 dollar);
Mamlakatda qolishning maksimal muddati — tashrif vaqtidan boshlab 30 kun.

Turkiya
Qaerda: Janubi-Sharqiy Osiyo/ Janubi-Sharqiy Еvropa
Uchish vaqti: 5 soat 25 daqiqa (Toshkent-Istanbul)
Yoningizda bo'lishi shart:
— O'zbekiston fuqarosi pasporti;
—OVIR stikeri;
— pul mablag'i (haftasiga 200 dollar);
— sayyohlik vaucheri;
—  qaytish chiptasi;
Mamlakatda qolishning maksimal muddati — tashrif vaqtidan boshlab 30 kun.

Madagaskar
Qaerda: Afrika
Uchish vaqti: 8 soat 17 daqiqa, almashinuv parvozlarini hisobga olmagan holda
Yoningizda bo'lishi shart:
— O'zbekiston fuqarosi pasporti;
— OVIR stikeri;
—  qaytish chiptasi;
Viza narxi taxminan 7 dollarni tashkil etadi.
Mamlakatda qolishning maksimal muddati — tashrif vaqtidan boshlab 30 yoki 90 kun.

Seyshel orollari
Qaerda: Afrika
Uchish vaqti: 6 soat 43 daqiqa, almashinuv parvozlarini hisobga olmagan holda.
Yoningizda bo'lishi shart:
— O'zbekiston fuqarosi pasporti;
—OVIR stikeri;
—  qaytish chiptasi;
— sayyohlik vaucheri;
— 14 yoshgacha bo'lgan bolalar bilan sayohat qilinganda ularni ota-ona pasportiga yopishtirilgan surat bilan yozib qo'yish;
Viza narxi taxminan 7 dollarni tashkil etadi.
Mamlakatda qolishning maksimal muddati — tashrif vaqtidan boshlab 30 kun.

Mozambik
Qaerda: Afrika
Uchish vaqti: 6 soat 43 daqiqa, almashinuv parvozlarini hisobga olmagan holda.
Yoningizda bo'lishi shart:
— O'zbekiston fuqarosi pasporti;
—OVIR stikeri;
—  qaytish chiptasi;
— sayyohlik vaucheri;
— pasportda vizani tushirish uchun bita ochiq sahifa bo'lishi kerak;
Viza narxi taxminan 70 dollarni tashkil etadi. Vizani olish vaqtida ikala qo'lning ko'rsatkich barmoqlari skaner qilinadi.
Mamlakatda qolishning maksimal muddati — tashrif vaqtidan boshlab 30 kun.


Комментарии (0) | Добавить: 06.05.2016
Faqat ro'yhatdan o'tgan foydalanuvchilar izoh qoldirishi mumkin. Marhamat ro'yhatdan o'ting!
[ Регистрация | Kirish ]
MP3 va KLIP Izlash

«Новости»

Bred Pitt Anjelina Jolining yoshligini eslatuvchi qiz bilan uchrashishni boshladi
Yulduzlarning gonorari: O‘zbekistonda qo‘shiqchi va aktyorlar qancha pul topadi?
Madaniyat vazirligi Sharof Rashidovga shaxsan tegishli bo'lgan buyumlarni xarid qiladi
Twitter xavfsizlik tizimini kuchaytiradi
Yangi vazirlikka ayol kishi rahbar etib tayinlandi
Apple rasmiy servislarda ta`mirlanmagan smartfonlarni bloklamoqchi
Qozog‘iston kartoshkasi qimmatlab, O‘zbekistonga olib chiqib ketilmoqda. O‘zbekistondagi talab Qozog‘iston kartoshka bozoriga qanday ta’sir
Putin dunyodagi geosiyosiy vaziyatga izoh berdi
Toshkentda yangi haydovchilik guvohnomalarining berilishi 20-oktabrdan boshlanadi
Toshkent, Sirdaryo, Jizzaxda terimchilar bir kilogramm paxta uchun 800 so‘mdan, qolgan hududlarda 700 so‘mdan haq olishni boshladi
Kreml: Putin o'z nomzodini qo'yishi haqida hozircha indamadi
Ishda unumli tanaffuslar tashkil qilishning 5 usuli
Go'sht va baliq narxlari oshmasligi uchun qaror qabul qilindi
O'zbekiston razvedkasi Britaniyadagi musobaqada g'olib bo'ldi
Ko‘proq narsaga ulgurish va kamroq charchashning 5 yo‘li
UZ ma’muriyati Osiyo-Tinch okeani yuqori daraja domenlari assotsiatsiyasiga a’zo bo‘lib kirdi
Buxoroda “balo-qazolardan xalos etish” evaziga 5 ming dollar olgan folbin qo‘lga olindi
MRB Lulu laqabli itni portlovchi moddalarni qidirishni istamagani uchun ishdan bo‘shatib yubordi
Koreyalik mutaxassislar Toshkent aeroportini yaxshilashga yordam beradi
Dunyoda har kuni 5 yoshgacha bo'lgan 15 ming bola hayotdan ko'z yumadi
20 oktabr kuni O'zbekistonda kutilayotgan ob-havo ma`lumoti
Sochi yaqinida o'zbekistonlik xavfli jinoyatchi ushlandi
Odil Ahmedov Osiyo chempionlari ligasi finalida o'ynamaydi
Muhammad payg‘ambar (s.a.v.) sevgan 10 ta oziq-ovqat
Shohruhxon va Asal Shodiyevadan yangi fotosessiya
Apple’ning yangi egiluvchan smartfoni haqida batafsil ma’lumotlar paydo bo‘ldi
Moskva sudi Telegram’ni FXX talabini bajarmagani uchun 14 ming dollar jarimaga tortdi
Ramzan Qodirov shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf hazratlari​ning qabrini ziyorat qildi
Qirg'izistonning yangi prezidenti Sooronboy Jeenbekov, uning oilasi va qarindoshlari haqida nimalar ma`lum?
Qanday qilib uyqudan yaxshi kayfiyat bilan uyg‘onish mumkin?