У нас есть только
оригинальные песни

O'zbekistonliklarning Rossiyaga kirish taqiqi qanday olib tashlanadi?

calendar 19.04.2017
2461

Rossiyada bo'lish, migratsiya hisobida turish yoki mehnat bilan shug'ullanish qoidalarini buzgan xorijiy davlat fuqarolariga nisbatan Rossiya qonunchiligiga binoan jarima va sud qaroriga ko'ra, Rossiya Federatsiyasi hududidan chiqarib yuborish va Rossiya hududiga kirishga cheklov qo'yish choralari qo'llaniladi. O'zbekiston tashqi ishlar vazirligining ma`lum qilishicha, Rossiyaga kirish huquqi cheklangan shaxslar Rossiya Federatsiyasining davlat chegarasini noqonuniy kesib o'tgan taqdirda ma`muriy yoki jinoiy javobgarlikka tortiladilar.

Kirish taqiqi to'g'risidagi ma`lumotni Rossiya Ichki ishlar vazirligining www.fms.gov.ru veb-sahifasidan olish mumkin 

Rossiyaning vakolatli organlarining kirishga ruxsat bermaslik to'g'risidagi qarorini tegishli sud instansiyalariga yoki Rossiya IIV Migratsiya masalari bo'yicha boshqarmasining yuqori turuvchi organiga qonuniy tarzda shikoyat qilish orqali bekor qilish mumkin.

1993 yil 22 yanvarda Minsk shahrida imzolangan Fuqarolik, oilaviy va jinoiy ishlar bo'yicha huquqiy yordam hamda huquqiy munosabatlar to'g'risidagi Konventsiyaga muvofiq, O'zbekiston Respublikasi fuqarolari Rossiya IIVning hududiy bo'linmalariga yoki Rossiyaga kirishga taqiq qo'ygan organga www.mvd.rf va www.ps.fsb.ru veb-sahifalarining elektron manzillariga o'z arizalarini jo'natish orqali murojaat qilishlari mumkin.

Яндекс.Метрика