У нас есть только
оригинальные песни

O'zbekistonning bu yilgi tekstil mahsulotlari eksporti bir milliard AQSh dollaridan ortadi

calendar 12.10.2016
1200

O'zbekiston Respublikasi 2016 yilning ohiriga qadar 1,1 mlrd dollarlik tekstil va tikuv-trikotaj mahsulotlarini eksport qilishni rejalashtirmoqda.

Hozirda “O'zbekengilsanoat” o'z mahsulotlarini dunyoning 50dan ortiq mamlakatlariga eksport qilmoqda. Ular orasida MDH mamlakatlari, Yevropa, HHR, AQSh, Kanada, BAA va boshqa mamlakatlar bor, deb habar qilmoqda UzDaily.uz sayti.

O'tgan yili bu borada yangi bozorlar kashf qilinib, Lihtenshteyn, Mavritaniya, Pokiston, Gruziya, Horvatiya, Nigeriya kabi davlatlar bilan hamkorlik yo'lga qo'yildi. 

Bundan tashqari, O'zbekistondagi to'qimachilik korhonalarining horijda 40dan ortiq savdo uylari tashkil etilgan bo'lib, bu o'zbekistonlik ishlab chiqaruvchilar uchun chet ellik sheriklar topishda juda muhimdir.

Яндекс.Метрика