У нас есть только
оригинальные песни

O'zbekistonning internet amaldorlari past tezlik va yuqori narxlarga qarshi kurashmoqda

calendar 25.12.2015
1113

O'zbekistonda yuqori tezlikdagi internetni rivojlantirish borasida ishlab chiqilgan yangi reja 2019 yilga qadar tezkor kompyuter tarmoqlarining butun mamlakat hududi bo'ylab o'rnatilishini nazarda tutadi. Bundan tashqari, hukumatning mutasaddi shaxslari tegishli idoralar bilan hamkorlikda ko'rsatilgan muddatga qadar internet tezligini 20 barobarga oshirishni ko'zlamoqda.

Bu rejani amalga oshirish uchun byudjetdan 883 mln dollar yoki 2.5 trln so'm ajratiladi. Birinchi navbat optik tolali tarmoqlar va 4G texnologiyasini rivojlantirish ko'zda tutilmoqda.Bu o'zgarishlarga O'zbekiston aholisining borgan sayin ko'proq qismi internetdan foydalanayotgani tufayli ehtiyoj sezilmoqda.

“2000 yilda mamlakatda faqat 7.5 ming kishi tarmoqdan foydalana olar edi, - deydi axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarni rivojlantirish vazirligi vakili Sherzod Xo'jaev. – 2015 yil sentyabrida esa foydalanuvchilarning soni 12 mln kishidan ortdi”.

Uning ta'kidlashicha, idora past tezlik va yuqori narxlarga qarshi kurashmoqda.
“O'zbekistonlik foydalanuvchilar odatda 1 yoki 2 Mbit/sekund tezlikka ega tarif rejalarini tanlaydi, - dedi Toshkentdagi provayderlardan birining menejeri Sergey Ten. – Bu jahon talablariga ko'ra ancha past”.

Bunday internetning narxi oyiga o'rtacha 140 ming so'mni tashkil qiladi. Bundan kattaroq tezlikka ega internetga ulanish uchun esa yanada ko'proq pul to'lash kerak bo'ladi.
“Limitsiz ulanish juda qimmat turadi, - deydi toshkentlik foydalanuvchilardan biri. – Bu oyiga 300-500 ming so'm deganidir”.

Яндекс.Метрика