У нас есть только
оригинальные песни

O'zbekistonning Saudiya Arabistoni Podshohligidagi yangi elchisi Riyozga jo'nab ketdi

calendar 06.05.2018
860

6 may kuni O'zbekiston Respublikasining Saudiya Arabistoni Podshohligidagi Favqulodda va Muxtor Elchisi etib tayinlangan Ulug'bek Maqsudov Riyoz shahriga jo'nab ketdi. Bu haqda O'zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi Matbuot xizmati xabar bermoqda.

Maqsudov bugungi kunga qadar Tashqi ishlar vazirligining O'rta va Yaqin Sharq mamlakatlari bilan hamkorlik qilish boshqarmasi bo'lim boshlig'i va undan ilgari O'zbekiston Respublikaning Jidda (Saudiya Arabistoni) shahrida Bosh konsuli sifatida ishlagan.

Яндекс.Метрика