У нас есть только
оригинальные песни

“O'zbekkino” bosh direktori Jahongir Qosimov iste'foga chiqarildi

calendar 27.12.2014
4588


"O'zbekkino” milliy agentligi bosh direktori Jahongir Qosimov o'z vazifasidan ozod etildi. U 2013 yil martidan beri ushbu lavozimda ishlab kelayotgan edi, deya xabar bermoqda "Gazeta.uz”. Tasdiqlanmagan ma'lumotlarga ko'ra, agentlik kinofondi rahbari Ahmadjon Umarov "O'zbekkino” rahbari vazifasini vaqtincha bajaruvchi etib tayinlangan. Jahogir Qosimov nima sababdan o'z vazifasidan ozod etilgani ma'lum qilinmagan. Ma'lumot uchun, 1958 yilda tug'ilgan Jahongir Qosimov 1984-2005 yillar davomida O'zMTRKda turli lavozimlarda ishlagan. 2005-2011 yillar davomida "O'zbekkino” bosh direktori o'rinbosari, 2011-2013 yillarda esa O'zbekiston Prezidentining madaniyat, matbuot va ijodiy tashkilotlar masalalari bo'yicha davlat maslahatchisi o'rinbosari sifatida ishlagan.
Яндекс.Метрика