"O'zbekko'mir” AJ mahsulot sotish va etkazib berish bo'yicha bosh direktori o'rinbosari Nosirjon Umarov ko'mirning narxi qancha qilib belgilanganini aytib o'tdi.
Ushbu mahsulotga yagona narx belgilangan-belgilanmaganligi haqidagi savolga javob berarkan, u 1 tonna ko'mirning narxi 133 800 so'm ekanligini aytdi.
"Bir tonna ko'mir 133 800 so'm, briket narxi esa 238 ming so'm qilib belgilangan”, - uning so'zlarini keltiradi "Darakchi” nashri.
Shuningdek, Umarov ko'mir xarid qilish mumkin bo'lgan viloyatlardagi hududiy distribyutorlik markazlari manzil va telefon raqamlarini keltirdi.
Amaldorning ta'kidlashicha, o'tgan yil bir oilaga 1 tonna ko'mir miqdorida cheklov mavjud bo'lgan bo'lsa, joriy yilda bunday cheklov bekor qilingan.