У нас есть только
оригинальные песни

"O'zbeknavo" estrada birlashmasiga yangi rahbar tayinlandi

calendar 11.12.2015
1769

O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2015 yil 4 dekabrdagi PQ-2443-son Qaroriga asosan O'zbekiston Respublikasi Madaniyat va sport ishlari vazirining o'rinbosari - "O'zbeknavo" estrada birlashmasi Bosh direktori lavozimiga Djuraev Farxod O'ktamovich tayinlandi. Bu haqda “O'zbeknavo” Matbuot xizmati xabar qildi.
“O'zbekiston Respublikasi Madaniyat va sport ishlari vaziri o'rinbosari - "O'zbeknavo" estrada birlashmasi Bosh direktori Djuraev Farxod O'ktamovichga mamlakatimiz madaniyati va milliy estrada san'atini rivojlantirishdagi ishlarida muvaffaqiyat va ulkan zafarlar tilaymiz”, - deyiladi xabarda.
Eslatib o'tamiz, estrada birlashmasining bosh direktor o'rinbosari Murodjon Majidov shu vaqtga qadar bosh direktor vazifasini vaqtincha bajarib kelayotgan edi. Sobiq bosh direktor Bahodir Ahmedov esa 2015 yil 1 iyundan Madaniyat va sport ishlari vaziri lavozimida faoliyat yuritmoqda.

Яндекс.Метрика