У нас есть только
оригинальные песни

“O'zbeknavo” ikki xonandaning litsenziyasini bekor qildi

calendar 02.02.2016
5102

“O'zbeknavo” yestrada birlashmasi tomonidan Yesmeralda Raxmatova (Tamila), Asqarjon Malikov (Zamir)ga berilgan litsenziyani bekor qildi. Bu haqda "O'zbeknavo" yestrada birlashmasi matbuot xizmati xabar qildi.

“Litsenziatlar Yesmeralda Raxmatova (Tamila), Asqarjon Malikov (Zamir) tomonidan Litsenziya bitimida nazarda tutilgan talab va shartlar muntazam ravishda buzilganligi sababli, ushbu xonandalar nomiga berilgan litsenziyalarning amal qilish muddati “Faoliyatning ayrim turlarini litsenziyalash to'g'risida”gi O'zbekiston Respublikasi Qonunining 23-moddasi hamda O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015 yil 9 dekabrdagi 354-son Qaroriga asosan 2016 yil 1 fevraldan tugatilganligi... ni bildiramiz”, - deyiladi xabarda.

Eslatib o'tamiz, o'tgan haftada ijtimoiy tarmoqlarda xonanda Tamilaning behayo videosi tarqalib ketgan yedi. Litsenziyaning bekor qilinganiga ayni shu masala sabab bo'lgani aytilmoqda.

Яндекс.Метрика