У нас есть только
оригинальные песни

«O'zbeknavo» o'rnida «O'zbekkonsert» davlat muassasasi tashkil qilindi

calendar 17.02.2017
1440

O'zbekiston prezidentning “Madaniyat va sport sohasida boshqaruv tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risida”gi farmoni asosida tuzilgan O'zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi huzurida “O'zbekkonsert” davlat muassasasi tashkil qilindi.

Bu muassasa “O'zbeknavo” estrada birlashmasi va “O'zbekraqs” milliy raqs birlashmasi negizida paydo bo'ladi.

Bu tashkilot milliy estrada san`atini rivojlantirish va muvofiqlashtirish bo'yicha kengash huzuridagi Estrada san`atini rivojlantirish jamg'armasi negizida byudjyetdan tashqari Madaniyat va san`atni rivojlantirish jamg'armasi tashkil qilindi.

"Kontsert-tomosha faoliyatini amalga oshirish huquqini beradigan litsenziya olish uchun to'lanadigan davlat boji ajratmalari, shuningdek, O'zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi tizimidagi tashkilotlarning byudjyetdan tashqari mablag'lari va daromadlaridan ajratmalar Madaniyat va san`atni rivojlantirish jamg'armasi daromadlarining manbalari etib belgilansin, Jamg'arma mablag'lari “O'zbekkonsert” davlat muassasasi ta`minotiga, O'zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi tizimi muassasalarining moddiy-texnik bazasini mustahkamlashga va xodimlarini moddiy rag'batlantirishga yo'naltirilsin", deyiladi farmonda. 

Яндекс.Метрика