У нас есть только
оригинальные песни

“O'zbekneftegaz” 178 mln dollarlik kompressor stantsiyasini ishga tushirdi

calendar 23.12.2015
988

“O'zbekneftegaz” milliy xolding kompaniyasi Qashqadaryo viloyatida yangi kompressor stantsiyasini ishga tushirdi, qurilma Rossiya kompaniyasi tomonidan etkazib berilgan, deb xabar bermoqda xolding matbuot xizmati.  

Qurilish “Alan” gaz konini jihozlash loyihasi doirasida amalga oshirildi. Xolding ma'lumotlariga ko'ra, loyiha gazni Muborak gazni qayta ishlash zavodiga berishdan avval qatlam energiyasi kamayib ketishi sharoitida konda gazni qazib olish bosimini qo'llab-quvvatlashga imkon beradi.       

Yiliga 5 mlrd kub metr quvvatga ega kompressor stantsiyasi asosiy texnologik qurilmasi etkazib beruvchisi Rossiyaning “Kazanskoe motorostroitelnoe proizvodstvennoe ob'edinenie” OAJ bo'ldi.

178,3 mln dollarlik loyihani moliyalashtirish “O'zbekneftegaz”ning shaxsiy mablag'lari (89,2 mln dollar), O'zbekiston tiklanish va taraqqiyot jamg'armasi krediti (53,5 mln dollar) va o'zbek banklari kreditlari (35,6 mln dollar) hisobiga amadga oshirildi.

“Alan” koni 1970-yillarning ikkinchi yarmidan ishlatilib kelinadi. Uning zaxiralari oshkor etilmaydi. “O'zbekneftegaz” quvvatlari yiliga 70 mlrd kub metr tabiiy gaz va 8 mln tonna suyuq uglevodorod olishni ta'minlashga imkon beradi.

Яндекс.Метрика