У нас есть только
оригинальные песни

«O'zbektelekom» butun IT-sohasini yagona tuzilmaga birlashtiradi

calendar 27.10.2017
872

Bugun, 27 oktabr kuni yangi ixtisoslashgan "O'zbektelekom" AK "Axborot tizimlari" faoliyati va unda amalga oshirilayotgan loyihalarga doir brifingni o'tkazdi. Tadbirda qatnashgan KUN.UZ muxbiri shu haqida ma`lum qiladi.

Ta`kidlash joizki, "O'zbektelekom" aksiyadorlik kompaniyasining "Axborot tizimlari" filiali Kuzatuv kengashining 2017 yil 6 iyuldagi qaroriga muvofiq tashkil etilgan. Tadbirda qayd etilishicha, "O'zbektelekom" ixtisoslashgan filialining asosiy maqsadi - mijozga yo'naltirilgan yondashuvni e`tiborga olib, umumiy strategiyani ishlab chiqish "dijitalizatsiyalar" harakati axborot jarayonini samarali tashkil etish bo'yicha vazifalarni hal qilish uchun "O'zbektelekom" AK Ijro apparati va filiallarida foydalaniladigan "Axborot tizimlarini yaratish, joriy etish, ekspluatatsiya qilish hamda yaxshilash", "O'zbektelekom" AK butun IT sohasini yagona tuzilmaga birlashtirish.

"Hozirda jamiyatning barcha faoliyat sohalariga raqamli texnologiyalarning keng miqyosda kirib borishi jahon telekom operatorlarini ko'rsatilayotgan xizmat paradigmalarini o'zgartirishga majbur qilmoqda, - deydi "O'zbektelekom" AK marketing va sotuvlar bo'yicha direktori Yevgeniy Vishnevskiy. - "Internet-buyumlar" "elektron hukumat"ning barcha elementlarini joriy etib, iqtisodiyotni raqamli transformatsiyalash davrida Milliy operatorimiz hisoblangan "O'zbektelekom" zamonaviy talablarga javob berishi shart. Aynan shu sababli yangi "Axborot tizimlari" filialini tashkil etdik. "O'zbektelekom" u orqali raqamli transformatsiyalash bo'yicha yangi loyihalarini amalga oshirishga umid qilmoqda.

Filial direktori Marat Fattaxov ham filial maqsadiga alohida to'xtalib o'tdi: "Axborot tizimlari" filialini yaratishdan asosiy maqsad - vaqtni, mehnat, biznes-jarayonlarni tashkil etish uchun energiyani tejash yo'li bilan operatsion samaradorlikni oshirish, ishlarni avtomatlashtirish, kompaniyaning o'z va boshqa tashkilotlarning raqamli transformatsiyasini amalga oshirish, jumladan, yirik milliy loyihalarni amalga oshirish. Bugungi kunda tashqi internet kanali iste`molini kamaytirish, uning tahlili va xususiy muqobil resurslarini yaratish yo'li bilan kontent generatsiyasiga o'tishini amalga oshirmoqdamiz".

Tadbir so'nggida OAV vakillari uchun filialning yangi idorasi bo'ylab tanishuv sayohati uyushtirildi.

Яндекс.Метрика