У нас есть только
оригинальные песни

O'zMTRK saharlik va iftorlik paytida​ Qur`oni karim ​​tilovatini efirga uzatadi

calendar 13.05.2018
984

O'zbekiston Musulmonlari idorasi matbuot xizmatining ma`lum qilishicha, Ramazon oyi munosabati bilan O'zbekiston milliy teleradiokompaniyasining «Madaniyat va Ma`rifat» telekanali Diniy idora bilan hamkorlikda «Qur`oni karim ma`rifati» nomli yangi ko'rsatuvni efirga uzatishni rejalashtirmoqda. Hozirda ushbu ko'rsatuvni tasvirga olish jarayonlari jadal davom etmoqda.

Ushbu ko'rsatuvni bir oy davomida, har kun, saharlik va iftorlik paytida tomosha qilishingiz mumkin. Alloh kalomiga bo'lgan muhabbatimizni ziyoda qilsin, ushbu ko'rsatuv barchamizga muborak bo'lsin.

Яндекс.Метрика