У нас есть только
оригинальные песни

O'zMTRKning barcha telekanallari 1 yanvardan uzluksiz efirga chiqadi

calendar 19.12.2014
3587


O'zbekiston Prezidenti Islom Karimov mamlakatda raqamli teleuzatish ko'lamini oshirishni nazarda tutuvchi qarorni imzoladi. Qarorga asosan, O'zMTRK tarkibidagi barcha telekanallar ("O'zbekiston”, "Yoshlar”, "Sport”, "Toshkent”, "Madaniyat va ma'rifat”, "Dunyo bo'ylab”, "Mahalla”, "Kinoteatr”, "Navo”, "Oilaviy” va "Diyor”) 2015 yil 1 yanvardan boshlab sutkasiga 24 soatdan raqamli formatda efirga chiqishi kerak. Faqatganiga "Bolajon” va O'zMTRKning 12ta hududiy bo'linmasiga istisno qilingan. Xususan, "Bolajon” kanali sutkasiga 15 soatdan raqamli formatda efirga chiqsa, hududiy telekanallar raqamli formatdagi efir vaqti 18 soat qilib belgilangan.
Яндекс.Метрика