У нас есть только
оригинальные песни

O'zMTRKning yangi “Mahalla” teleradiokanali 7 yanvardan efirga chiqadi

calendar 02.01.2015
5237


O'zMTRK tarkibida yangi tashkil etilayotgan "Mahalla” teleradiokanali o'z teleko'rsatuv va radioeshittirishlarini 7 yanvardan boshlab efirga uzatadi. Bu haqda O'zMTRKning "Sado ilova” nashrida ma'lumot berilgan. Avvalroq, O'zbekiston Prezidentining 2014 yil 17 dekabrdagi "Mahalla” ma'rifiy teleradiokanalini tashkil etish va raqamli teleuzatishlarni yanada kengaytirish chora-tadbirlari to'g'risida”gi qaroriga muvofiq, O'zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi tizimida yangi, raqamli "Mahalla” teleradiokanali ishga tushirilayotgani haqida xabar berilgan edi. Teleradiokanal dasturlarida asosiy e'tibor respublika aholisi, ayniqsa, yoshlarni demokratik davlat va fuqarolik jamiyatini shakllantirishda noyob milliy tuzilma sifatida mahalla institutining roli va ahamiyati to'g'risida keng xabardor etishga qaratiladi.Shuningdek, oilaviy qadriyatlarni mustahkamlash va oilalarda sog'lom ma'naviy-axloqiy muhitni yaratish bo'yicha namunaviy mahallalarning ilg'or ish tajribasini ommalashtirish, aholi bandligini hal etish, xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish va hududlarni obodonlashtirish, mahallalarning davlat boshqaruvi organlari va jamoatchilik tuzilmalari bilan ijtimoiy sherikchiligini kengaytirish bilan bog'liq masalalarni hal etishda mahallalar faoliyatini keng yoritish mo'ljallangan. Ma'lumot uchun, Prezident qarorida "Mash'al” radiokanalini mavjud xodimlari va xarajatlar smetasini saqlab qolgan holda, "Sport” teleradiokanali tarkibidan "Mahalla” kanaliga tarkibiga o'tkazish belgilab qo'yilgan.
Яндекс.Метрика