“O'ztransgaz” AJ barcha hududiy gaz ta`minoti idoralarining faoliyatini yaxshilaydi

“2017−2021 yillarda O'zbekistonni rivojlantirishning beshta ustuvor yo'nalishi bo'yicha harakatlar strategiyasi”da  belgilangan vazifalar, shuningdek, “2018 - Faol tadbirkorlik, innovatsion g'oyalar va texnologiyalarni qo'llab-quvvatlash yili” davlat dasturi doirasida “O'ztransgaz” AJ aholi turmushini yanada yaxshilash, sohani malakali va bilimli yoshlar bilan ta`minlash, kreativ yondashuvlar asosida faoliyatni rivojlantirish maqsadida ko'plab samarali loyihalarni amaliyotga joriy etib borayapti. Davlatimiz rahbari tomonidan ilgari surilgan “Xalq davlat idoralariga emas, davlat idoralari xalqimizga xizmat qilishi kerak”, degan g'oya bugun tizimdagi har bir xodimning faoliyat mezoniga aylandi. Muhimi, eskicha usulda ishlashning har qanday shakllaridan to'laligicha voz kechilyapti. Tizim tasarrufidagi gaz ta`minoti idoralari faoliyatini tubdan yaxshilash, har bir ishchi-xodim mehnatini moddiy rag'batlantirishga qaratilgan tadbirlar salmog'i tobora ortib borayapti.  Sohada davr talablariga mos ravishda ish yuritish, tizimda sog'lom raqobatni kuchaytirishga imkon beruvchi tanlovlar soni ham ko'paygan, deya ma`lum qilmoqda “O'ztransgaz” AJ  Matbuot xizmati. 

Hozirda “O'ztransgaz” AJ barcha hududiy gaz ta`minoti idoralarining faoliyatini yaxshilash choralarini ko'rmoqda. Yetkazib berilgan tabiiy gaz uchun to'lovlarni o'z vaqtida amalga oshirilishini ta`minlash, ya`ni debitor qarzdorlikka yo'l qo'ymaslik, aholiga suyultirilgan gazni o'z vaqtida yetkazib berish, tuman gaz xo'jaligini kuz-qish mavsumiga to'liq tayyorlash, gaz quvurlarini mukammal ta`mirlash dasturlarini muddatida bajarish, gaz idorasi binosi, servis markazlari, avtotransport vositalari, gaz quvurlari va gaz taqsimlash punktlarining namunaviy holatdaligi doimiy nazoratda. “O'ztransgaz” AJ tizimidagi korxonalar o'rtasida tashkil qilingan va 2018 yilning 15 iyulidan 31dekabriga qadar davom etadigan “Eng ilg'or tuman/shahar gaz ta`minoti” Respublika tanlovida ham ayni talablarni bajarish shart qilib qo'yilgan. G'olib idorani rag'batlantirish uchun qo'yilgan sovrin ham chakkimas: “KIA SPORTAGE STATION” rusumli avtomashinasi va idoraning har bir xodimiga 1 mln.so'mdan mukofot puli. Albatta, korxonalar o'rtasida shakllangan sog'lom raqobat, tabiiyki, soha taraqqiyotida muhim o'rin tutadi. Bundan tashqari, prezidentimizning kelajagimiz bo'lgan yoshlarga alohida e`tibor borasidagi siyosatlari 4 mingdan ziyot yosh yigit-qiz mehnat qilayotgan “O'ztransgaz” AJ tizimida ham qabul qilingan chora-tadbirlar rejasi hamda Kontseptsiyada yaqqol ifodasini topdi. O'zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 27 yilligi arafasida tashkil qilingan “Eng ilg'or gaz xo'jaligi xodimi” Respublika tanlovida ham yoshlarning sohaga oid innavatsion g'oyalari, takliflari, xodimning jamoadagi o'rni, erishgan yutuqlari, fidoyiligi, kasbga sadoqati alohida e`tiborga olinadi. Unda 10 nafar xodimga 2,5 mln so'mdan to 10 mln so'mgacha pul mukofotlarining berilishi faollikni yanada oshirsa, ajab emas. Ayni vaqtda info@uztransgaz.uz elektron manziliga kelayotgan ma`lumotlar orqali ham yosh mutaxassislardagi qiziquvchanlik, mehnatga layoqat va kelajakka ishonch tuyg'ularining nechog'lik kuchliligini bilish qiyin emas. Ulardagi bilim va salohiyat kelgusida davlat iqtisodiyotini mustahkamlash barobarida, jamiyatdagi ijtimoiy masalalarning ijobiy hal qilinishiga zamin hozirlashi, shubhasiz.

 


Комментарии (0) | Добавить: 14.07.2018
Faqat ro'yhatdan o'tgan foydalanuvchilar izoh qoldirishi mumkin. Marhamat ro'yhatdan o'ting!
[ Регистрация | Kirish ]
Поиск MP3 и Клипы

«Новости»

Toshkentda ilk KFC restorani sentabrda ochiladi
OAV: Toshkentning tungi klublari endi tunda ishlamaydi, Aurum 898 esa yopildi
Nega deyarli barcha samolyotlar oq rangga bo‘yaladi?
Toshkentdagi Inha universitetiga 32 yoshli rektor tayinlandi
O‘zbekistonda Qurbon hayiti sanasi ma’lum bo‘ldi
Xaridlar uchun to'lov terminallarida xavfli kamchilik aniqlandi
Shahram G'iyosov navbatdagi jangini kimga qarshi o'tkazishi ma`lum bo'ldi
Besh soat qoidasi yoki Bill Geyts, Jyek Ma va Ilon Maskning samaradorlik sirlari
Messi «Barselona» tarixidagi eng ko'p sovringa ega futbolchiga aylandi
Ochiq Wi-Fi tarmoqlaridan xavfsiz foydalanish bo'yicha 7 maslahat
Xakerdan maslahatlar: Qanday qilib murakkab parolni yaratish va uni osongina eslab qolish mumkin?
Buyuk Xitoy devorining boshi va oxiri
Telefon trubkasini ko'targanda nima uchun “allo” deymiz?
Dizayn” jamoasining litsenziyasi bekor qilindi
Muvaffaqiyatli rahbarlarga xos bo'lgan to'rt sifat
Birinchi xalqaro konferensiyadan Shavkat Mirziyoyevning ko‘ngli to‘lmadi
Odamlarga yoqishingizda yordam beradigan 10ta psixologik maslahat
Xitoylik kishi nabirasi tufayli kuniga 20 soat «Pokemon Go» o‘ynamoqda
Jala tufayli Pekindagi sayyohlik ob’yektlari yopib qo‘yildi
Ka’baning eshigini buzmoqchi bo‘lgan kimsa qo‘lga olindi
Shoygu Germaniyani Rossiya bilan kuch orqali gaplashishdan ogohlantirdi
«Barselona»ning eng asosiy 4 transfer maqsadi ma`lum qilindi
Milliy stadion oldidagi ko‘prik qurilishi qanchaga tushdi?
Respublikada yengil avtomobillar ishlab chiqarish hajmi oshdi
O'zbekiston benzin ishlab chiqarishni ko'paytirdi
Oliy ta`lim to'g'risidagi yangi nizomning tasdiqlanishi kutilyapti
Tramp Kane Uestni maqtadi
Qozog‘istonda 88 ta xorijiy telekanal o‘z ishini to‘xtatdi
«Barselona» yangi sardorni tayinladi
«O'zbektelekom» rahbariyatidagi o'zgarishlar sababi ma`lum bo'ldi