У нас есть только
оригинальные песни

"O'ztransgaz": gaz ta`minotida uzilishlar bo'lmaydi

calendar 28.02.2017
1150

O'zbekistonda aholiga tabiiy gaz yetkazib berishni barqarorlashtirish bo'yicha keng miqyosli choralar ko'rilmoqda. "O'ztransgaz" kompaniyasi vakillari matbuot anjumanida shu haqda ma`lum qilishdi, deb xabar qilmoqda Sputnik agentligi.

Xususan, bugungi kunga kelib gaz ta`minotida uzilishlarga yo'l qo'ymaslik uchun 68,6 km gaz quvuri kapital ta`mirdan chiqarilgan, 171,9 km gaz kommunikatsiyalari rekonstruksiya qilingan. Bundan tashqari, 7,2 ming kilometrlik gaz quvurining zichligi o'rganilgan va havo berib ko'rilgan. 5,6 ming kilometrlik yerosti quvurlarining holati o'rganilgan. 70,5 ming gaz taqsimlash punktlari tekshirib ko'rilgan. 

"Gaz tarmoqlariga ulanmagan aholi punktlariga suyultirilgan gazni yetkazib berish bo'yicha alohida ishlar bajarilmoqda. Bu borada 2,5 mln xonadonga tabiiy gaz shu tarzda yetkazib beriladi. Bunda 60dan ortiq gaz to'ldiruvchi stansiyalar va punktlar aholiga xizmat ko'rsatadi. 200dan ortiq servis xizmatlari gaz ballonlarini tarqatish bilan shug'ullanadi. Shuningdek, suyultirilgan gazni manzilga yetkazishda 237ta sisterna-vagonlar va 90ga yaqin avtosisternalardan foydalaniladi", — degan "O'ztransgaz" vakili. 

Soha ishchilarining ma`lum qilishicha, o'tgan yili respublika bo'ylab qo'shimcha ravishda 20ta gaz to'ldiruvchi punkt foydalanishga topshirilgan. Aholiga 528 mingga yaqin gaz ballonlari yetkazib berilgan. Shu bilan birga, MAN markali ikkita propan tashuvchi va 32 dona maxsus Isuzu avtomashinalari xarid qilingan. 

Gaz ta`minotidagi yana bir yangilik sifatida shuni aytish mumkinki, mamlakatda foydalanilgan gaz uchun to'lovni yig'ish bilan xususiy operatorlar shug'ullanadi. Bu boradagi taklif ishlab chiqilgan va Vazirlar Mahkamasiga kiritilgan. 

Qayd etish joizki, hozirda O'zbekistonda aholining tabiiy gazdan foydalanganlik uchun debitorlik qarzi juda katta mablag'ni tashkil etadi. Bu muammoning paydo bo'lishida ham iste`molchi va yetkazib beruvchi aybdor. Ba`zan iste`molchi to'lagan pullarni "O'ztransgaz"ning pul yig'uvchilari o'zlashtirgan bo'lsa, ba`zi hollarda ayrim iste`molchilar foydalanilgan gaz uchun haqni to'lamaslik uchun sohadagi ta`magirlarning "beminnat xizmati"dan foydalanishadi. Ayrim hollarda, iste`molchilarning o'zlari ham majburiyatlariga e`tiborsizlik bilan yondashishadi.

Яндекс.Метрика