У нас есть только
оригинальные песни

“O'ztransgaz”: O'zbekistonda gazlashtirish 90 foizga etgan

calendar 25.07.2015
1228

Bugungi kunda O'zbekistonda gazlashtirish darajasi 90 foizga etgan. Bu haqda "O'ztransgaz” AK matbuot xizmati darak bermoqda. Bundan tashqari, barcha hududlarda 13 605 834ta uy-joy, 80 912ta ulgurji iste'molchi, ya'ni 4 964ta sanoat korxonasi, 17 833ta maishiy va ijtimoiy ob'ekt hamda 58 115ta yakka tartibdagi tadbirkorga gaz etkazib berilmoqda. Bundan tashqari, kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik doirasida aholi tarqoq istiqomat qiladigan, tabiiy gaz etib borishi qiyin bo'lgan tog'li va chekka qishloq hududlariga suyultirigan gaz etkazib berishda ham uzluksiz ta'minot darajasiga erishilayotgani aytilmoqda. Joriy yilning yakuniga borib reja bo'yicha 2 348 393 xonadonga suyultirilgan gaz etkazib berish rejalashtirilgan.
Яндекс.Метрика