У нас есть только
оригинальные песни

O‘tgan dam olish kunlari amerika kinoteatrlari uchun so‘nggi 16 yil ichidagi eng yomoni bo‘ldi

calendar 29.08.2017
1285

O‘tgan dam olish kunlarida 2001-yil sentabr oyidan buyon amerika kinosanoati uchun eng past tushish kuzatildi. Kinoprokatda qo‘yilayotgan filmlar jami 65 million dollar to‘pladi. Bu haqda MarketWatch’ga tayanib, “Interfaks” xabar berdi.

Avgust oyida yillik hisob bo‘yicha 35 foiz pasayish kuzatilgan bo‘lsa, yozgi kinomavsum boshidan buyon pasayish 13,4 foizni tashkil qilgan.

Ekspertlarning ta’kidlashicha, keyingi jiddiy ko‘tarilish 8-oktabrda, “Lezviya bo‘ylab yugurish 2049” filmining premyerasida bo‘ladi.

O‘tgan dam olish kunlari amerika kinoprokatining yetakchisi Semyuel Li Jekson va Rayan Reynolds ishtirokidagi “Qotilning tan soqchisi” kriminal komediyasi bo‘ldi. U 10,1 million dollar ishladi.

Ekspertlarning fikricha, bunday pasayishga yorqin premyeralarning yo‘qligi bilan birga, boks chempioni Floyd Meyvezer hamda UFC yetakchisi Konor MakGregor o‘rtasidagi jang atrofida yuz bergan shov-shuvlar sabab bo‘lgan. Jang 500 ta kinoteatrga translyatsiya qilingan va 2,4 million dollar to‘plagan. Bundan tashqari, “Xarvi” to‘fonidan zararlangan Texas shtatining qator shaharlarida ham kinoteatrga tashrif buyurganlar soni kam bo‘lgan.

Яндекс.Метрика