У нас есть только
оригинальные песни

“O‘zavtosanoat” milliy avtomobillarning Rossiyada arzon, O‘zbekistonda qimmatligi sababini tushuntirdi

calendar 31.07.2018
1232

“O‘zavtosanoat” AJ avtomobillarni ichki va tashqi bozorga bir xil ulgurji narxda savdoga chiqaradi. Bu haqda 30-iyul kuni Xalqaro press klubning “O‘zavtosanoat” AJ faoliyatiga bag‘ishlab o‘tkazilgan sessiyasida ma’lum qilindi, deb xabar beradi “Daryo” muxbiri Sevara Nishonova.

“Bozorda mashinaning narxini belgilash bilan marketing xizmati shug‘ullanadi. Narx belgilash avtomobilning opsiyalariga muvofiq ravishda amalga oshiriladi.

Hozirgi kunda xaridorlarimizning aksariyati Nexia 3 avtomobiliga qiziqish bildirmoqda. Shuning uchun ushbu avtomobil ko‘p sotilmoqda. Biz hozirgi kunda har bitta mashinaning ishlab chiqarish hajmini oshirdik. Bu bitta Damas’ga tegishli emas, chunki hozir Cobalt, Nexia, Lacetti kabi avtomobillarimizga ham katta ehtiyoj bor. Avtmobillarni yetkazib berish jarayonini biz alohida ko‘rib chiqdik. Chunki zavoddan mashinani yetkazib berishga ham ancha vaqt ketadi, bu vaqtni qisqartirish masalasini belgilab oldik.

Tannarxga keladigan bo‘lsak, butlovchi qismlar yetkazib beruvchi kompaniyalar bilan kelishgan holda ehtiyot qismlar narxini 20 foizga arzonlashtirishga kelishib oldik. Avtomashinalar narxini 9 foizga tushirsak, bu hamma modelga, hamma opsiyalarga to‘g‘ri keladigan taqsimot bo‘ladi. Ichki bozor va tashqi bozorda mashina opsiyalariga bo‘lgan talab har xil bo‘lishi mumkin. Lekin mashinaning ulgurji narxi bir xil. Rossiya, Ukraina va Belarusdagi narxlarni qaraydigan bo‘lsak, baribir narxlar farqlanadi. Chunki bu mamlakatlarda bozor konyukturasi har xil.

Volkswagen, Toyota kabi yirik avtokonsernlar tajribasini misol qilsak, ular ham xorijiy bozorga kirish uchun o‘z mahsulotlari narxini bozor konyukturasiga moslashtiradi”, — deydi “O‘zavtosanoat” AJ boshqaruv raisi o‘rinbosari Umidjon Salimov.

Яндекс.Метрика