У нас есть только
оригинальные песни

O'ZBEK KINOSIDA UCHRAYOTGAN XATOLIKLAR VA O'XSHASHLIKLAR!!!

calendar 29.07.2011
5031

Texnika taraqqiyoti rivojlanishi bilan kino sanoati ham bizni maishiy hayotimizga shiddat bilan kirib kelmoqda. Xo'sh aslida kino nima o'zi?

Kino bu- Shunchaki popkorin yeb vaqt ketkazish, zerikmaslik uchun sabab emas. Balki kino bu- Hayot xaqida jiddiy o'ylab ko'rishga majbur etadigan madaniy va manaviy oziqadur.
Shu yerda savollar tug'iladi bugungi kunda o'zbek kinosi tomoshabinlarga nima bera olyabdi? Bugungi kunda milliy kinolarimiz saviyasi qay darajada? Umuman bugungi kunda o'zbek kinomatagrafiyasi qanday holda?
Keling endi shu savollarga birgalikda javob topib tahlil qilishga harakat qilamiz...

To'g'ri bugungi kunda deyarli kun ora yangi filmlar primyeralari bo'lmoqda kino sanoati rivojlanmoqda. Lekin ming afsuski hamma kino filmlarni ham sifatli va saviyali deb bo'lmaydi.
Negadur bizni kinolar snariylari bir biriga o'xshab ketadi. Yani boy qiz kambag'al yigitni sevib qoladi, yoki boy yigit kambag'al qizni sevib qoladi. Menimcha o'zbek kinosiga kuchli snariylar yetishmayabdi. Va shu sababli ham ko'p aktyor aktrisalarimizi filmlarda yaratayotgan rollari bir biriga o'xshab qolmoqda. Xo'sh aktyorlarni filmdagi obrizlari bir biriga o'xshab qolmaskigi uchun nima qilish kerak? Albatta bu film rejisyoriga bog'liq chunki kamerada aktyorni ko'radigan rejisyor. Rejisyor tanlagan aktyorini boshqa biron bir obroziga o'xshab rol ijro etganini ko'rdimi darhol bu aktyor bilan birgalikda o'zgartirish kerak. O'zbek kinosini yana muamolaridan biri bu bazigi bir rejisyorlarimiz filmga mos tipaj yani chexra tanlashda tog'ri aktyorlar tanlay olishmayabdi. Tanlagan aktyori film tipajiga tushadimi yo'qmi farqi yo'q, mashhur bo'lsa bo'ldi deb rollarni taqsimlashmoqda. Masalan olaylik ''GULIM'' filmini bu filmda bosh rolni Shaxzoda Matjonova, Jalil Mavlonov va Aziz Rametov o'ynagan lekin ular partnyor sifatida bir birlariga umuman mos tushmagan. Shu sababli ham film omadsiz chiqqan. Chunki bu mavzuda ming hil kinolar suratga olingan. Tomoshabinlar zerikkan bu bir hillikdan. Kegin ''GULIM'' filmini snariysi juda sust yozilgan tomoshabin film voqealar rivoji nima bo'lishini oldindan biladi. Menimcha o'zbek kinosida yanayam dramaturgiyani kuchaytirish kerak. Men ''ORTIQCHA OMAD'' komediya janrida olingan filmni ham gapirib o'tmoqchiman. Bu filmda umuman mano degan narsani m si ham yo'q. Shu film rejissyori Sanjar Shodiyevga shuni aytmoqchidimki. Komediya degani bu peshonasiga jinniman deb yozib olib tomoshabinlarni majburan kuldirish emas. Aksincha hayotda uchrayotgan muammolarni yumur asosida ko'rsatib beradigan janr aslida.''Ortiqcha omad'' filmi esa umuman bachkanalikdan iborat bo'lib qolgan. Yana Jahongir Foziljonovning '' Shomurod va Durdona'' filmi tog'ri juda yaxshi film eng dolzarb mavzuni o'z filmlarida kulgu orqali ifodalashkan. Lekin agar ahamiyat bergan bo'lsangiz shu ''Shomurod va Durdona '' filmida ko'zga yarq etib tashlanadigan hato bor. Hato nimada? Hullas Shomurod va Durdona qizi kasal bo'lib qolgach ular qizini davolashga pul izlagani chiqib ketadi va sargushatga tushib qolib ancha vaqt yo'qalib ketadi. Bu yoqda esa kelini va og'lini kelmayotganidan havotirlangan Shomurod va Durdonani onasi ularni militsiya berib qidiruv e'lon qiladi. Qidìruvga onalari berganidan bexabar Shomurod va Durdona film davomida militsiyadan qochib yuradi. Shu yerda hatolik bor Shomurod bilan Durdonana onasi militsiyaga qidiruvga berishdan oldin Durdonaga telefon qilib qayerda ekanliklarini bilsa bo'lardiyu vaholanki film mobaynida Durdonani qo'lidan telefoni tushmaydi. Yoki butun O'zbekistnnda bitta telefon topilmaganmikin. Rejissyorlarimizdan shuni iltimos qilardimki kino olayotganda eng kichik detallarga ham katta ahamiyat bersangiz ana shunda yaratgan kinoyingiz omadli chiqadi. Chunki hozir tomoshabinlarimiz talabchan, chunki raqobat kuchli.
Bir kinoshunos olim aytgan ekan. Kino yaratayotganda rejissyor oz olamini yaratidi va o'z olamida tomoshabinlarni o'z dunyosiga og'diradi. Shuning uchun hurmatli o'zbek rejisyorlari iloji boricha saviyali sifatli va albatta tarbiyaviy ahamiyatga ega filmlarni o'z dunyoyingizda yaratishizni hohlardim. Chunki kinoni yoshlar tarbiyasiga ahamiyati juda katta. Biz yoshlar siz yaratgan filmlardan yomon narsalarni emas, o'zimizga kerak narsalarni o'rganib aynan shu filmlaringiz mano va saviyasi bilan hayotimizdagi bazi bir muammolarni hal qilaylik. Kinozalda filmingizni ko'rib zerikkanimizdan uxlab qolmasdan. Aksincha manaviy oziqa va madaniy hordik chiqaraylik. Yana rejissyorlardan shuni iltimos qilardimki filmingizdagi aktyor va aktrisalarga yanada milliylik ruxini singdirsangiz nur ustiga a'lo nur bo'lardi. Biz yoshlar siz hurmatli rejissyorlardan ana shunday keng mashtabli va saviyali filmlar kutib qolamiz va talab qilamiz...

Siz yuqorida o'qiganingiz bugungi o'zbek kinosi haqida meni shaxsiy fikrim edim. Sizchi hurmatli saytdosh bugungi o'zbek kinosi haqida qanday tanqidiy fikr va tanqidlariz bor. Fikrlaringizni izoxlarda kutib qolaman....

miranda_89
Яндекс.Метрика