У нас есть только
оригинальные песни

O‘zbek kinosidagi eng qimmat, eng talabgir va tomoshabinni kinoga chaqiruvchi aktyorlar

calendar 05.02.2016
3789

O‘zbek kinematografiyasining hozirgi kundagi eng qimmat aktyori kim? Qaysi aktyor filmga tomoshabinlar oqib kelishiga sabab bo‘ladi. Shu kabi savollarga javob topish maqsadida “Daryo” nashri muxbiri Feruz Muhammad xususiy kinostudiyalarda faoliyat olib boruvchi rejissorlar o‘rtasida so‘rovnoma o‘tkazdi.

So‘rovnomada Rustam Sa’diyev (“Baron”), Akbar Bekturdiyev (“So‘nggi lahza”, “Oyqiz ertagi”), Javlon Shodmonov (“Payshanbadan payshanbagacha”, ), Jahongir Ahmedov (“Tilim qursin”, “Tundan tonggacha-2”), Sanjar Shodiyev (“Jigarbandim”, “Qalb ko‘zi”), Zamira Begimqulova (“Opa-singillar” seriali rejissori), Suhrob Hasanov (“Hayotim orzusi”), Muzaffar Erkinov (“Armon”), Said Muxtorov (“Faryod”, “Devona farishta”) kabi rejissorlar qatnashdi. Ular o‘z tanlovi bo‘yicha eng qimmat, eng talabgir va tomoshabinni kinoga chaqiruvchi aktyorlar nomini sanab o‘tdi.

Rustam Sa’diyev

  • Ulug‘bek Qodirov
  • Muhammadiso Abdulxairov
  • Matyoqub Matchonov
  • Adiz Rajabov

Akbar Bekturdiyev

  • Muhammadiso Abdulxairov
  • Farrux Soipov
  • Adiz Rajabov
  • Ulug‘bek Qodirov

Javlon Shodmonov

  • Murod Rajabov
  • Matyoqub Matchonov
  • Muhammadiso Abdulxairov
  • Ulug‘bek Qodirov
  • Farrux Soipov
  • Alisher Uzoqov

Jahongir Ahmedov

  • Matyoqub Matchonov
  • Muhammadiso Abdulxairov
  • Ulug‘bek Qodirov

Sanjar Shodiyev

  • Ulug‘bek Qodirov
  • Adiz Rajabov
  • Umid Iskandarov

Zamira Begimqulova

  • Adiz Rajabov

Suhrob Hasanov

  • Ulug‘bek Qodirov
  • Muhammadiso Abdulxairov

Muzaffar Erkinov

  • Ulug‘bek Qodirov
  • Adiz Rajabov
  • Farrux Soipov

Said Muhtorov

  • Javohir Zokirov

So‘rovnomada qatnashgan rejissorlar tomonidan ko‘rsatilgan nomzodlar asosida, aktyorlarning umumiy reytingi quyidagicha ko‘rinish oldi:

  1. Ulug‘bek Qodirov
  2. Muhammadiso Abdulxairov, Adiz Rajabov
  3. Farrux Soipov
  4. Matyoqub Matchonov

Qayd etish joiz, aktyorlarning gonorarlari qiymati reytingini keltirish borasida rejissorlar uzoq o‘ylanishdi, “Shart emas, birini aytsak, boshqasi xafa bo‘lib qolmasin yana”, degan istiholaga ham borishdi.

Яндекс.Метрика