У нас есть только
оригинальные песни

“O‘zbek milliy kiyimlari” turkumidagi pochta markalari muomalaga chiqarildi

calendar 05.01.2017
2106


“O‘zbekiston pochtasi” AJ tomonidan tayyorlangan “O‘zbek milliy kiyimlari” turkumidagi pochta markalari muomalaga chiqarildi. Bu haqda jamiyat matbuot xizmati xabar bermoqda.

Turkum pochta bloki ko‘rinishida chop etilgan bo‘lib, blok 4 ta pochta markasidan iborat. Ularda Toshkent shahrining milliy kiyimlari, jumladan, kelin-kuyov, yosh ayol va to‘y bola liboslari tasvirlangan.

Bir necha rangda ishlangan pochta markalari 8 ming nusxada tayyorlandi.

Яндекс.Метрика