У нас есть только
оригинальные песни

“O‘zbekenergo” “Surxon—Puli-Xumri” elektr uzatish liniyasini qurishga kirishdi

calendar 25.03.2018
879

“O‘zbekenergo” Afg‘onistonga elektr energiyasi yetkazib berishni ko‘paytirish maqsadida “Surxon—Puli-Xumri” elektr uzatish liniyasini qurishga kirishdi. Bu haqda aksiyadorlik jamiyati boshqaruvi raisi Ulug‘bek Mustafoyev ma’lum qildi, deya xabar beradi Spot.

“Biz O‘zbekistonda qurilish ishlariga kirishdik. Iyun oyidan Afg‘oniston hududida ishlarni boshlaymiz”, — dedi Mustafoyev Afg‘oniston bo‘yicha xalqaro konferensiya matbuot markazidagi chiqishida.

Jamiyatga ko‘ra, 260 kilometr uzunlikdagi liniya Afg‘onistonga elektr energiyasi yetkazib berishni 70 foizga — yiliga 6 milliard kilovatt-soatgacha ko‘paytirish imkonini beradi. Loyihani amalga oshirish muddati 2020-yil oxirigacha etib belgilangan.

Dastlabki qiymati 150 million dollar bo‘lgan loyihani moliyalashtirish Afg‘oniston hukumati (120 million dollar) va “O‘zbekenergo” mablag‘i hisobidan amalga oshiriladi.

Яндекс.Метрика