O‘zbekiston aholisi soni 32 mln kishidan oshdi

2017-yil 1-yanvar holatiga ko‘ra O‘zbekistonning doimiy aholisi soni 32,121 million kishini tashkil qildi. 2016-yil boshidan buyon mamlakat aholisi soni 545,8 ming kishiga yoki 1,7 foizga ko‘paydi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasi ma’lum qildi.

Shahar aholisi soni 16,238 million (aholi soniga nisbatan 50,6 foiz), qishloq aholisi soni 15,882 million kishini (aholi soniga nisbatan 49,4 foiz) tashkil etdi.

2016-yilning yanvar-dekabr davrida 726,8 ming bola tug‘ilib, mos ravishda tug‘ilish koeffitsiyenti 22,8 promilleni tashkil qildi va 2015-yilning mos davriga nisbatan 0,7 promillega kamaydi (2015-yilda 23,5 promille bo‘lgan).

2016-yilning yanvar-dekabr oylarida 154,5 mingta o‘lim qayd etilgan bo‘lib, mos ravishda o‘lim koeffitsiнenti 4,8 promilleni tashkil etdi.

Ro‘yxatga olingan jami o‘lganlarning 59,6 foizi qon aylanish tizimi kasalliklaridan, 9,4 foizi — o‘simtalardan, 6,7 foizi — baxtsiz hodisa, zaharlanish va jarohatlanishlardan, 5,9 foizi — ovqat hazm qilish aэzolari kasalliklaridan, 4,9 foizi — nafas olish aэzolari kasalliklaridan, 1,9 foizi — yuqumli va parazitar kasalliklardan, 11,6 foizi — boshqa kasalliklardan vafot etgan.

Shuningdek, hisobot davrida FHDYo organlari tomonidan 275,1 mingta nikoh va 29,4 mingta nikohdan ajralishlar qayd etilgan. Respublika bo‘yicha nikoh tuzish koeffitsiyenti 8,6 promilleni, nikohdan ajralish koeffitsienti esa 0,9 promilleni tashkil etdi.

Respublika bo‘yicha ko‘chib kelganlar soni 141,7 ming kishini, ko‘chib ketganlar soni esa 168,3 ming kishini tashkil etdi. Migratsiya saldosi minus 26,6 ming kishini tashkil etdi (2015-yilda minus 29,3 ming kishi bo‘lgan).


Комментарии (0) | Добавить: 17.01.2017
Faqat ro'yhatdan o'tgan foydalanuvchilar izoh qoldirishi mumkin. Marhamat ro'yhatdan o'ting!
[ Регистрация | Kirish ]
Поиск MP3 и Клипы

«Новости»

Koinotdagi eng qorong‘i sayyora aniqlandi
Muammoni kim hal etadi yoki piyodalar huquqlarining buzilishi nimalarga sabab bo‘lmoqda?
Prezident Xorazmda yig'ilish o'tkazdi. Viloyat hokimi o'rinbosarlari va bir tuman hokimi ishdan olindi
AQSh Milliy xavfsizlik agentligiga yangi rahbar tayinlandi
O'zbekistonning boshqa shaharlarida ham jamoat transportida yo'lkira narxi oshadi
O‘zbekiston Moliya vazirligi ish haqlarining vaqtida to‘lanishi yuzasidan so‘rov o‘tkazmoqda
O‘zbekiston va Turkmaniston rahbarlari Maxtumquli haykali poyiga gullar qo‘ydi
Turkmaniston Prezidenti Mustaqillik va ezgulik monumenti poyiga gul qo'ydi
Agar siz ishlagan tashkilot tugatilgan bo‘lsa, pensiya uchun ma’lumotnoma qanday olinadi?
O‘zbekistonda budjet xarajatlarining uchdan bir qismi ijtimoiy nafaqaga yo‘naltiriladi
O'zbekistonda dollarning rasmiy kursi yana tushdi
Tojikiston O‘zbekistonga shimoliy yo‘nalishda elektr energiyasi yetkazib berish imkoniyatini ko‘rib chiqmoqda
Yulduz Usmonova Nukusda konsert beradi
Хонанда Умидахон турмушга чиқяпти. Куёв ким?
Toshkentdagi Botanika bog‘i 9-maygacha yopildi
Gurbanguli Berdimuhamedov O'zbekistonga keldi
GM Uzbekistan Chevrolet Orlando ishlab chiqarishni to'xtatdi
Shavkat Mirziyoyevning xalqaro tashriflari: sarhisob va keyingi davlatlar
Mana bu tish pastalarini aslo ishlatmang!
O‘zbek kurashini nechta mamlakatda bilishadi?
Shahram G‘iyosov prof boksdagi 2-jangida ham g‘alaba qozondi, Murodjon Ahmadaliyev esa raqibini nokautga uchratdi
Alisher Usmonovning jiyani Ganya milliy liboslarda fotosessiya uyushtirdi
Shimoliy Koreyada qatl qilishga sababchi bo‘luvchi to‘rtta bema’ni holat
Xorazm viloyati hokimi vazifasini bajaruvchi tayinlandi
“Zuvola” asl qo‘shiqlar milliy tanlovining dastlabki g‘oliblari taqdirlandi
O‘zbekiston ikki oyda Qozog‘istondan salkam 0,5 mln tonna bug‘doy sotib oldi
«Samsung» birdaginga ikkita egiluvchan ekranli smartfon ishlab chiqaradi
O‘zbekistonda ta’limga davlat budjetidan katta mablag‘ ajratilmoqda. Unda nega ta’lim sifati past, sohada muammolar ko‘p?
Dollarning qiziqarli tarixi
Rossiyada Putinning reytingi tushib ketdi