У нас есть только
оригинальные песни

“O‘zbekiston havo yo‘llari” Мoskvaga parvoz uchun maxsus tariflar muddatini uzaytirdi

calendar 07.01.2016
1147

“O‘zbekiston havo yo‘llari” milliy aviakompaniyasi O‘zbekiston shaharlaridan Moskvaga parvoz uchun maxsus pasaytirilgan tariflar muddatini uzaytirdi. Maxsus tarif shu yilning 20-may kunigacha bajariladigan reyslar uchun amalda bo‘ladi, aviachiptalar sotuvi esa 29-fevralga qadar uzaytiriladi.

Ushbu muddat mobaynida aviachiptalarga narxlar quyidagicha bo‘ladi:

Toshkent/ Samarqand/ Buxoro/ Qarshi/ Farg‘ona/ Namangan/ Andijon/ Navoiy — Moskva:
Bir tomon uchun minimal tarif — 109 EUR
Borish-kelish uchun minimal tarif — 224 EUR

Termiz — Moskva:
Bir tomon uchun minimal tarif — 118 EUR
Borish-kelish uchun minimal tarif — 246 EUR

Urganch — Moskva:
Bir tomon uchun minimal tarif — 137 EUR
Borish-kelish uchun minimal tarif — 269 EUR

Nukus — Moskva:
Bir tomon uchun minimal tarif — 137 EUR
Borish-kelish uchun minimal tarif — 268 EUR

Tariflar parvozdan so‘ng qaytarilmaydigan bo‘lib, oldindan qaytib berilgan yoki sanasi o‘zgartirilgan taqdirda 50 yevro miqdorida jarima olinadi. Aviachiptalar sotuvi xorijiy valyutada (AQSh dollari) amalga oshiriladi.

Яндекс.Метрика