У нас есть только
оригинальные песни

“O‘zbekiston havo yo‘llari” yil oxirigacha 2 ta Airbus A320 neo xarid qiladi

calendar 16.06.2018
809

“O‘zbekiston havo yo‘llari” shu yil dekabr oyida ikkita Airbus A320 neo samolyotini olishni rejalashtirmoqda. Bu haqda MAK bosh direktori o‘rinbosari Gennadiy Xarlap ma’lum qildi, deya xabar beradi “Podrobno.uz”.

Airbus A320 neo 150 kishiga mo‘ljallangan. Ulardan 12 nafari biznes-klass, 138 nafari esa ekonom-klass bilan uchadi. Havo kemalari o‘z segmentidagi eng zamonaviysi bo‘lib, Wi-fi va har bir o‘rindiqda monitor bilan jihozlangan.

“Samolyot oldingilaridan 20 foiz tejamkorroq bo‘lgani, uchish masofasi esa 4,5 mingdan 6 ming kilometrdan ko‘proqqa uzaygani sababli butun Yevropani reyslar bilan qamrab olish imkonini beradi. Bu havo kemasi Toshkentdan Frankfurt, Parij, London, Milan va Rimga uchishi mumkin degani”, — ta’kidladi Gennadiy Xarlap.

Яндекс.Метрика