У нас есть только
оригинальные песни

O‘zbekiston hisobda oldinda bora turib, yakunda Janubiy Koreyaga imkoniyatni boy berdi (video)

calendar 15.11.2016
1381

2018-yil Rossiyada bo‘lib o‘tadigan Jahon Chempionati saralashining 5-turida Janubiy Koreya va O‘zbekiston terma jamoalari Seuldagi World Cup Stadium’da to‘qnash keldi. O‘yinning 23-daqiqasiga kelib Marat Bikmayev o‘zbekistonlik futbolchilarni hisobda oldinga olib chiqdi. Mezbonlar darvozaboni Kim Song Gyuning jarima maydonchasini tashlab chiqishi koreyaliklar uchun qimmatga tushdi.

67-daqiqaga kelib esa uchrashuvda hisob tenglashdi. Davron Hoshimov harakat qiladigan qanotdan hujum uyushtirgan Janubiy Koreya safida Nam Tae Xi o‘z nomiga gol yozib qo‘ydi — 1:1.

 

Va nihoyat 85-daqiqaga kelib koreyalik futbolchilar g‘alaba golini urdi. Unga Ku Ja Chol mualliflik qildi.

Bu Samvel Babayan boshchilik qilayotgan O‘zbekiston milliy terma jamoasining 3-saralash bosqichidagi ikkinchi mag‘lubiyati bo‘ldi. Avvalroq jamoa o‘z maydonida Erondan 0:1 hisobida yengilgandi.

Shu tariqa O‘zbekiston terma jamoasi 3-saralash bosqichining 1-davrasini Eron va Janubiy Koreyadan keyin 3-o‘rinda yakunladi.

JCh—2018 (Osiyo)
“A” guruhi. 5-tur
15-noyabr, seshanba

Janubiy Koreya — O‘zbekiston 2:1

Gollar: Marat Bikmayev, 23 (0:1). Nam Tae Xi, 67 (1:1). Ku Ja Chol, 85 (2:1).

Janubiy Koreya: Kim Song Gyu — Kim Ki Xi, Park Ju Xu (Xong Chul, 82), Son Xyon Min, Nam Tae Xi, Ji Dong Von (Li Jae Sung, 63), Ku Ja Chol, Ki Sun Yong, Li Jon Xyop (Kim Shin Vuk, 67), Jang Xyun Su, Kim Chang Su.

O‘zbekiston: Aleksandr Lobanov — Vitaliy Denisov, Yegor Krimets, Anzur Ismoilov, Davron Hoshimov, Otabek Shukurov, Vadim Afonin, Odil Ahmedov, Marat Bikmayev (Aleksandr Geynrix, 60), Eldor Shomurodov (Javohir Sohibov, 80), Igor Sergeyev.

Яндекс.Метрика