У нас есть только
оригинальные песни

O‘zbekiston IIV PPX bosh boshqarmasi boshlig‘i o‘z xizmat xonasidan o‘lik holda topildi

calendar 05.08.2018
1684

O‘zbekiston Ichki ishlar vazirligi Post-patrul xizmati va jamoat tartibini saqlash bosh boshqarmasi boshlig‘i podpolkovnik Dilshod Akramovning murdasi 4 avgust kuni soat taxminan 21:10 da poytaxtning Taras Shevchenko ko‘chasidagi o‘z xizmat xonasida qotillik alomatlari bilan o‘lik holda topilgan.

Bu haqda, Bosh prokuraturaga asoslanib, “Gazeta.uz” xabar bermoqda. Dilshod Akramov 2018-yil iyul oyida bosh boshqarma boshlig‘i etib tayinlangan edi.

Shu kunning o‘zidayoq Toshkent prokuraturasi Jinoyat kodeksining 97-moddasi 2-qismi “j” bandi (“o‘ta shafqatsizlik bilan qasddan odam o‘ldirish”) alomatlari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘agan. Hozirgi vaqtda tergov-surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Яндекс.Метрика