У нас есть только
оригинальные песни

O‘zbekiston madaniyat vaziri 2017-yilda san’atkorlarga davlat mukofotlari berilmagani sababini ma’lum qildi

calendar 02.10.2017
1155

O‘zbekiston madaniyat vaziri Baxtiyor Sayfullayev 29-sentabr kuni mumtoz qo‘shiq, milliy va zamonaviy estrada, opera yo‘nalishida yakkaxon va jamoa shaklida ijod qilayotgan yoshlar bilan uchrashdi. Uchrashuvda jurnalist Feruz Muhammad ham qatnashdi.

Ochiq muloqot davomida madaniyat vaziri Baxtiyor Sayfullayev bu yil Mustaqillik bayrami arafasida san’at sohasi vakillariga unvon berilmaganining sabablariga to‘xtalib o‘tdi.

Baxtiyor Sayfullayev, Madaniyat vaziri: Mana, bu yil “Xizmat ko‘rsatgan artist”, “Xalq artisti” unvonlari berilgani yo‘q. Bu bizning ijodimizni sustlashganidan dalolat. Hamma narsaga e’tibor qaratayotgan Prezidentimiz shuni ham sezibdilar. “Xizmat ko‘rsatgan artist” unvonini olgan san’atkorlarimiz qayerda, nima ish bilan band, degan savol tushmoqda. Ularning ish samaradorligi, foydasi qayerga ketmoqda? Bu haqda, unvonlar masalasida sizlar bilan yana alohida gaplashamiz.

Muloqot davomida Navoiy nomidagi opera va balet katta teatrining yetakchi opera xonandasi Nosir Yusupov xalqaro ko‘rik tanlovda qatnashish uchun teatr rahbariyatidan ruxsat ololmayotganini bildirdi; vazir bu masalani joriy uchrashuvning o‘zidayoq ijobiy hal qildi.

Bundan tashqari, “Nihol” mukofoti sohibasi, xonanda Iroda Dilroz telekanallarda qo‘shiqlarni aylantirish qimmatligi, aksariyat xonandalar bundan aziyat chekayotganiga e’tiborni qaratdi. Qoraqalpog‘istonda xizmat ko‘rsatgan artist Jenisbek Piyazov esa qoraqalpog‘istonlik xonandalar uchun alohida imtiyozlar joriy etishni so‘radi.

“Nihol” mukofoti sohibi, xonanda Jasur Mirsagatov esa “qaroqchilik” masalasiga to‘xtaldi — u vazir Sayfullayevdan san’atkorlarning mualliflik huquqlarini himoya qilishda, “disk qaroqchilari” va “videoqaroqchilar”ga qarshi kurashishda yordam ko‘rsatishni iltimos qildi.

Яндекс.Метрика