У нас есть только
оригинальные песни

O‘zbekiston masjidlarida 15 milliondan ortiq kishi Qurbon hayiti namozini o‘qidi

calendar 01.09.2017
1049

1-sentabr kuni tongda O‘zbekistondagi jome’ masjidlarida hayit namozi o‘qildi. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, ularda 15 milliondan ortiq kishi saodatli kun ibodatini ado etdi, deb yozadi O‘zA.

Poytaxtdagi Hazrati Imom jome’ masjidi ham erta tongdan odamlar bilan gavjum bo‘ldi.

“Hayit namozi ma’ruzasida Qurbon hayiti bayrami tarixi, muqaddas dinimiz buyurgan ibodatlar, yurtimizda islom dini rivoji, ma’naviy qadriyatlarimiz yuksalishi yo‘lida amalga oshirilayotgan sa’y-harakatlar, bugungi farovon hayotimiz mazmun-mohiyati haqida so‘z bordi.

Qurbon hayiti ma’ruzasida xalqimizning ulug‘ farzandi, mustaqilligimiz asoschisi Birinchi Prezidentimiz Islom Karimov xotirasi yodga olindi. U kishi rahnamoligida xalqimiz turmushi farovonligi, emin-erkinligimiz yo‘lida amalga oshirilgan keng miqyosli islohotlar bardavomligi e’tirof etildi.

Qurbon hayiti amallarini ado etgan yurtdoshlarimiz bir-birlarini ulug‘ bayramlar bilan qutladi”, — deyiladi xabarda.

Яндекс.Метрика