У нас есть только
оригинальные песни

O‘zbekiston MDH davlatlari ichida eng baxtli mamlakat deb topildi

calendar 15.03.2018
1237

Finlyandiya aholisi dunyodagi eng baxtli bo‘lgan mamlakat deb topildi, deb yozadi “Gazeta.uz” Jahon baxt ma’ruzasiga tayanib. Bunday hisobot har yili Xalqaro baxt kuni (20-mart) nishonlanishi arafasida e’lon qilinadi.

Yuqori o‘nlikka Norvegiya, Daniya, Islandiya, Shveysariya, Niderlandiya, Kanada, Yangi Zelandiya, Shvetsiya va Avstraliya ham kirdi.

O‘zbekiston reytingda o‘tgan yilga nisbatan ko‘tarilib (47-o‘rin), 156 ta mamlakat ichida 44-o‘rinni egalladi. Avvalgi yildagi kabi, MDH mamlakatlari va barcha sobiq Ittifoq respublikalari orasida O‘zbekiston birinchi bo‘ldi.

Baxt reytingi, sobiq Ittifoq mamlakatlari

  1. O‘zbekiston — 44-o‘rin
  2. Litva — 50
  3. Latviya — 53
  4. Rossiya — 59
  5. Qozog‘iston — 60
  6. Estoniya — 63
  7. Moldova — 67
  8. Turkmaniston — 68
  9. Belarus — 73
  10. Tojikiston — 80
  11. Ozarbayjon — 87
  12. Qirg‘iziston — 92
  13. Gruziya — 128
  14. Armaniston — 129
  15. Ukraina — 138

Reytingni tuzishda aholi boshiga to‘g‘ri keladigan yalpi ichki mahsulot, umr davomiyligi, fuqarolik erkinliklariga rioya qilinishi, bandlik kafolati, korrupsiya darajasi, shuningdek, jamoatchilik fikri so‘rovlari natijalari hisobga olinadi.

Яндекс.Метрика