У нас есть только
оригинальные песни

O‘zbekiston Milliy universitetiga yangi rektor tayinlandi

calendar 07.07.2015
3121


O‘zbekiston Milliy universitetining o‘quv ishlari bo‘yicha prorektori lavozimida ishlab kelayotgan Sirojiddinov Shuhrat Samariddinovich jamoaga yangi rektor sifatida tanishtirilgan, deb xabar beradi "Xushnudbek.uz”. geonformatics.uz O‘zbekiston Milliy universiteti. Foto: geonformatics.uz O‘zMUning avvalgi rektori Muhamedov G‘ofurjon Isroilovich hozirda qaysi lavozimga o‘tganligi haqida ma’lumotlar yo‘q. 

Sirojiddinov Shuhrat Samariddinovichning tarjimai holi:  Filologiya fanlari doktori, professor Samarqand viloyatida tug‘ilgan. 1984-yilda Toshkent davlat universitetining Sharq fakultetini tamomlagan(ToshDU). 1984-y. – Toshkent davlat universitetining sharq xalqlari adabiyoti kafedrasi o‘qituvchisi 1984 – 1986-yy. – harbiy xizmat 1987 – 1993-yy. – Samarqand davlat universiteti o‘qituvchisi, rektor yordamchisi 1993 – 1998-yy. – O‘zbekiston Fanlar Akademiyasi Samarqand bo‘limining katta ilmiy xodimi, bosh ilmiy kotibi 1998 – 2003-yy. – "Imom al-Buxoriy” xalqaro jamg‘armasi boshqaruvi raisining o‘rinbosari 2002 – 2003-yy. – Oksford islom tadqiqotlari markazi stajyor-ilmiy xodimi 2003 – 2005-yy. – Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetining falsafa va jahon madaniyati kafedrasi professori, kafedra mudiri 2005 – 2012-yy. – O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetining birinchi prorektori 2012 – 2014-yy – Samarqand davlat chet tillar instituti rektori 2014-yil apreldan O‘zMU o‘quv ishlari bo‘yicha prorektori. Shuhrat Samariddinovich – matnshunos olim, o‘zbek mumtoz adabiyoti, diniy-falsafiy ta’limotlar va badiiy tarjima sohalarida tadqiqot olib boradi. 16 ta monografiya, risolalar va o‘quv uslubiy qo‘llanmalar hamda 140 dan ortiq ilmiy maqolalar muallifi hisoblanadi.
Яндекс.Метрика