У нас есть только
оригинальные песни

O‘zbekiston mobil aloqa operatorlariga 5-sentabrdan tariflarni o‘z saytlari va OAVda so‘mda ko‘rsatish haqida ko‘rsatma berildi

calendar 04.09.2017
1761

O‘zbekiston Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligida 4-sentabr kuni mamlakatdagi barcha mobil aloqa operatorlari va internet-provayderlari rahbarlari ishtirokida tarif siyosatini tartibga solish bo‘yicha birlamchi vazifalar muhokamasiga bag‘ishlangan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Avval xabar berilganidek, uchrashuvda telekommunikatsiya xizmatlarini so‘mli tarifga o‘tkazishda abonentlarga zarar yetmasligini ta’minlash, jumladan, abonentlarga ko‘rsatilayotgan xizmatlarga belgilangan bugungi narxlarni oshirmaslik masalasi ko‘tarilgan.

Uchrashuvda qabul qilingan qarorga muvofiq, 5-sentabridan barcha telekommunikatsiya xizmatlari uchun tariflar milliy valyutada — so‘mda belgilanadi.

Ayni vaqtda, operatorlarning e’tibori Prezident farmonida belgilangan vazifalarni so‘zsiz bajarishga qaratildi. Farmonda, jumladan, tovarlar, ish va xizmat uchun narxlar va tariflar faqat milliy valyutada belgilanishi ko‘rsatilgan.

“Barcha operatorlarga 5-sentabrdan boshlab xizmatlar uchun barcha tariflarni o‘zlarining saytlari va ommaviy axborot vositalarida milliy valyutada ko‘rsatish vazifasi yuklatildi”, — deyiladi vazirlik axborotida.

Яндекс.Метрика