У нас есть только
оригинальные песни

O‘zbekiston mobil internet tezligi bo‘yicha 113, simli internet tezligi bo‘yicha 126-o‘rinni egalladi

calendar 10.07.2018
722

Irlandiyaning Ookla kompaniyasi Speedtest.net internet-servisi har oyda an’anaviy tarzda e’lon qilinadigan Speedtest Global Index reytingini taqdim qildi, deb yozmoqda Spot.

Reytingda dunyo bo‘ylab simli va simsiz internet tezligi bo‘yicha ma’lumotlar aks etadi.

Mobil internet tezligi bo‘yicha O‘zbekiston 124 ta o‘rindan 113-o‘rinni egallagan (8,95 Mbit/s).

Simli internet tezligi bo‘yicha O‘zbekiston bu yili bir pog‘ona yuqoriladi. Hozirda O‘zbekiston 133 ta o‘rindan 126-o‘rinni egallamoqda (7,10 Mbit/s).

Mobil internet tezligi bo‘yicha Qatar dunyoda yetakchilik qilmoqda (63,22 Mbit/s). Simli internet tezligi bo‘yicha esa Singapur hamon birinchilikni egallab turibdi (180,57 Mbit/s).

Яндекс.Метрика