У нас есть только
оригинальные песни

O‘zbekiston Oliy sudi tarkibiga o‘zgartishlar kiritildi

calendar 30.03.2018
915

Oliy Majlis Senatining o‘n to‘rtinchi yalpi majlisida “O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi tarkibiga o‘zgartishlar kiritish to‘g‘risida”gi masala ko‘rib chiqildi, deb xabar beradi O‘zA.

O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi raisi Kozimjon Komilov Konstitutsiyaning 93-moddasi 13-bandi, “Sudlar to‘g‘risida”gi qonunning 63-moddasiga asosan O‘zbekiston Prezidenti tomonidan Oliy sud sudyaligiga taklif etilgan nomzodlarni bittama-bitta tanishtirdi.

Senatorlar Abdumo‘min Abdullayev, Volida Axtamova, O‘ktam Tirkashev, Ilhomjon Rahmonqulov, Saylovboy Mambetkadirov nomzodlarini ma’qulladi.

Яндекс.Метрика