У нас есть только
оригинальные песни

O‘zbekiston oltin-valyuta zaxirasi miqdori e’lon qilindi

calendar 04.02.2018
3035

Oltin-valyuta zaxiralarini hisoblash uslubi Xalqaro valyuta jamg‘armasi standartlariga muvofiq amalga oshirilmoqda. Bu haqda Markaziy bank rasmiy veb-sahifasida ma’lumot berilgan.

Oltin-valyuta zaxiralari valyuta aktivlari va quyma monetar oltindan iborat bo‘lib, samarali boshqaruv maqsadida Markaziy bank tomonidan hali yalpi ham sof oltin-valyuta zaxiralarining alohida hisoblari olib borilmoqda.

Sof oltin-valyuta zaxiralari tijorat banklari va davlat boshqaruvi organlari (Moliya vazirligi, tiklanish va taraqqiyot fondidan tashqari)ning Markaziy bank hisob raqamlaridagi valyuta mablag‘larini hisobga olmaydi, bu Markaziy bankning mazkur tashkilotlar oldidagi majburiyati hisoblanadi.

O‘zbekiston Respublikasi oltin-valyuta zaxiralari

mln. AQSh dollarida

Ko‘rsatkichlar

01.01.2017

01.01.2018

I. Yalpi oltin valyuta zaxiralari

26 428,8

28 076,9

      1. Xalqaro valyutadagi aktivlar

14 172,3

14 042,8

      2. Monetar oltin

12 256,6

14 034,1

II. Sof oltin-valyuta zaxiralari

25 188,3

26 567,5

Яндекс.Метрика