У нас есть только
оригинальные песни

“O‘zbekiston pochtasi” pensiya to‘lovlari nima sababdan kechikayotganini ma’lum qildi

calendar 23.01.2016
1537

“O‘zbekiston pochtasi” aksiyadorlik kompaniyasi Toshkent viloyati Bekobod tumani Xos qishlog‘ida istiqomat qiluvchi fuqaroga pensiya to‘lovlari nima sababdan kechikayotganini tushuntirdi. 

Ma’lum bo‘lishicha, fuqaro 2015-yilning so‘nggi oylarida pensiya pullarini vaqtida ololmagan. “O‘zbekiston pochtasi” aksiyadorlik jamiyati mazkur holatni o‘rganib chiqqan, pensionerning oktabr oyi pensiya puli 12-noyabr kuni to‘liq to‘lab berilgan.

“Javob xatida pensiya to‘lovlari uchun joylardagi bank bo‘limlari tomonidan naqd pul mablag‘lari o‘z vaqtida berilmayotgani sababli pensiya kechikib to‘lanayotganligi keltirilgan”, — deyiladi gazeta xabarida.

“O‘zbekiston pochtasi”ning fuqaroga yo‘llagan javob xati quyidagi so‘zlar bilan yakunlangan: “Keltirilgan noqulayliklar uchun Sizdan uzr so‘raymiz”.

Яндекс.Метрика