У нас есть только
оригинальные песни

O‘zbekiston Qozog‘iston kosmik yo‘ldoshlaridan suratlar sotib olmoqchi

calendar 25.09.2015
1520

O‘zbekiston Qozog‘istonning Yerni masofadan turib zondlash sun’iy yo‘ldoshlaridan kosmik suratlarni sotib olishga qiziqish bildirdi.

Toshkentdagi "O‘zbekiston — Qozog‘iston: savdo missiyasi” biznes-forumida "Kazkosmos” mutaxassislari ishtirokchilarga Qozog‘istonning Yerni masofadan turib zondlash bo‘yicha KazEOSat-1 va KazEOSat-2 kosmik qurilmalarining O‘zbekiston hududidagi imkoniyatlarini namoyish etdi.

Hamkorlik to‘g‘risidagi tegishli bitim 27-noyabr kuni Ostonada bo‘lib o‘tadigan "Qozog‘istonda koinot kunlari — 2015” III xalqaro seminarida imzolanishi kutilmoqda.

Яндекс.Метрика