O‘zbekiston Qurolli kuchlari tizimida yangi ko‘krak nishoni ta’sis etildi

Qurolli kuchlar tizimida “Ma’naviy-ma’rifiy ishlar a’lochisi” ko‘krak nishoni ta’sis etildi, deya xabar bermoqda O‘zA.

Prezidentning 2018-yil 4-avgustdagi “O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari harbiy xizmatchilarining ma’naviy-ma’rifiy saviyasini oshirish tizimini tubdan takomillashtirish to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq, Qurolli Kuchlar tizimida ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish bo‘yicha alohida konsepsiya ishlab chiqilib, unda belgilangan ishlarni amalga oshirish yuzasidan “Yo‘l xaritasi” tasdiqlandi.

Haftaning har juma kuni “Ma’naviy yuksalish va vatanparvarlik kuni” etib belgilandi.

Harbiy xizmatchilar va yoshlarning ma’naviy-ma’rifiy saviyasini oshirishga katta ta’sir ko‘rsatgan ishlari va yutuqlari uchun “Ma’naviy-ma’rifiy ishlar a’lochisi” ko‘krak nishoni ta’sis etildi.

Shu munosabat bilan Vazirlar Mahkamasiga ikki oylik muddatda ko‘krak nishoni Nizomini ishlab chiqish va tasdiqlash vazifasi topshirildi.

Mudofaa vazirligi qo‘shinlarida harbiy-vatanparvarlik, ma’naviy-axloqiy tarbiya va yoshlar bilan ishlash organlari negizida tarbiyaviy va mafkuraviy ishlar organlari tashkil etildi.

Brigadalarda (ularga tenglashtirilgan harbiy qismlarda) va alohida batalyonlarda “harbiy psixolog” (ofitser) lavozimi joriy etildi.

Bundan tashqari, harbiy okruglar boshqaruv apparatlarida “psixolog”, “yetakchi sotsiolog”, brigadalarda va alohida batalyonlarda “harbiy qism komandirining ma’naviyat va ma’rifat ishlari bo‘yicha maslahatchisi – Madaniyat markazi boshlig‘i” (Qurolli Kuchlar xizmatchisi) lavozimlari joriy etilib, ularga qo‘shimcha ustama pul to‘lanishi belgilandi.

2018—2019-o‘quv yilidan boshlab Qurolli Kuchlar Akademiyasi Umumqo‘shin fakulteti bazasida qo‘shimcha “Qo‘mondonlik-taktik tarbiyaviy va mafkuraviy ishlar” mutaxassisligi bo‘yicha ofitserlar tayyorlash ta’lim tizimi yo‘lga qo‘yiladi.

Shuningdek, Mudofaa vazirligi tizimidagi mavjud ofitserlar uylari Ma’naviyat va ma’rifat markaziga aylantirilib, markaz huzurida “Turon” teatr studiyasi tashkil etiladi.


Комментарии (0) | Добавить: 08.08.2018
Faqat ro'yhatdan o'tgan foydalanuvchilar izoh qoldirishi mumkin. Marhamat ro'yhatdan o'ting!
[ Регистрация | Kirish ]
Поиск MP3 и Клипы

«Новости»

Qo‘lingizni ko‘tarmang, foydasi yo‘q
«Xiaomi» to‘xtatiladi, o‘rniga nima chiqadi?
3800 daraja issiq bo‘ladigan va metall yomg‘irlar yog‘adigan sayyora topildi
Nega och qolsak boshimiz og‘riydi?
Vanessa Mey Toshkentda bepul konsert beradi
Yaponiya falokatli vulqon otilishi ehtimoliga tayyorgarlik ko'rmoqda
Firibgarlarning yangicha hiylasi: ​Facebook'dagi «blondinkalar»​dan ogoh bo'ling!
Markaziy bank «dollarlashuv» darajasini pasaytirmoqda
“Dunyoga mashhur qator brendlar vakillari O‘zbekiston bozoriga kirishda brendreyding ko‘rinishidagi qiyinchiliklarga duch kelgan. Negaki, ul
Adliya vazirligi: O‘zbekistonda begona brendlarning ishg‘ol etilish holatlari kuzatilmoqda
Tungi klublardagi reyd: U madaniyat o‘chog‘imi yoki fahsh? (video)
Misrda internet ustidan nazorat kuchaytiriladi
La Liga. “Barselona” mavsumni yirik g‘alaba bilan boshladi, Messidan dubl (video)
O‘zbekiston telefon tarmoqlarida 9 raqamli tizimga o‘tiladi
Toshkentda ilk KFC restorani sentabrda ochiladi
OAV: Toshkentning tungi klublari endi tunda ishlamaydi, Aurum 898 esa yopildi
Nega deyarli barcha samolyotlar oq rangga bo‘yaladi?
Toshkentdagi Inha universitetiga 32 yoshli rektor tayinlandi
O‘zbekistonda Qurbon hayiti sanasi ma’lum bo‘ldi
Xaridlar uchun to'lov terminallarida xavfli kamchilik aniqlandi
Shahram G'iyosov navbatdagi jangini kimga qarshi o'tkazishi ma`lum bo'ldi
Besh soat qoidasi yoki Bill Geyts, Jyek Ma va Ilon Maskning samaradorlik sirlari
Messi «Barselona» tarixidagi eng ko'p sovringa ega futbolchiga aylandi
Ochiq Wi-Fi tarmoqlaridan xavfsiz foydalanish bo'yicha 7 maslahat
Xakerdan maslahatlar: Qanday qilib murakkab parolni yaratish va uni osongina eslab qolish mumkin?
Buyuk Xitoy devorining boshi va oxiri
Telefon trubkasini ko'targanda nima uchun “allo” deymiz?
Dizayn” jamoasining litsenziyasi bekor qilindi
Muvaffaqiyatli rahbarlarga xos bo'lgan to'rt sifat
Birinchi xalqaro konferensiyadan Shavkat Mirziyoyevning ko‘ngli to‘lmadi