У нас есть только
оригинальные песни

O‘zbekiston Respublikasining tashqi mehnat migratsiya tizimini yanada takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risidagi Pr

calendar 06.07.2018
671

O‘zbekiston Respublikasining tashqi mehnat migratsiya tizimini yanada takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risidagi Prezident qarori qabul qilindi.

Qarorga muvofiq, 2018-yil 1-sentabrdan O‘zbekistonda ro‘yxatdan o‘tgan yuridik shaxslarga quyidagi huquqlar berildi:

— tegishli litsenziya asosida O‘zbekiston fuqarolarini xorijda ishga joylashtirish;

— akkreditatsiya asosida, ishlash uchun xorijga ketayotgan O‘zbekiston fuqarolarining malakasini tasdiqlash borasidagi faoliyat bilan shug‘ullanish.

Shuningdek, xorijda mehnat faoliyatini amalga oshiruvchi shaxslarni qo‘llab-quvvatlash hamda ularning huquq va manfaatlarini himoya qilish jamg‘armasi tashkil etildi. Bu haqda Adliya vazirligining «Huquqiy axborot» kanalida xabar berildi.

Jamg‘arma, shu jumladan, xorijda ishlash paytida zo‘ravonlik, majburiy mehnat va kamsitishdan jabrlangan, mehnat va boshqa huquqlari buzilgan, og‘ir moliyaviy ahvolga tushgan va shaxsini tasdiqlovchi hujjatlarsiz, tirikchilik uchun mablag‘siz qolgan fuqarolarni huquqiy va ijtimoiy himoya qilish, shuningdek, ularga moddiy yordam ko‘rsatish bilan shug‘ullanadi.

2018-yil 1-avgustdan:

— xususiy mehnat shartnomalari bo‘yicha ishlash uchun xorijga ketayotgan fuqarolarga xorijda mehnat faoliyatini amalga oshirish uchun ruxsatnoma berish tartibi bekor qilinadi;

— xorijda ishlayotgan fuqarolar Pensiya jamg‘armasiga eng kam ish xaqining to‘rt yarim baravari miqdorida yillik sug‘urta to‘lovlarini to‘lagan taqdirda to‘lovlar amalga oshirilgan davrlar mehnat stajiga qo‘shiladi.

Яндекс.Метрика