У нас есть только
оригинальные песни

O‘zbekiston shaharlarida tezlik 60 km/soatgacha pasaytirilishi mumkin

calendar 10.04.2018
1089

O‘zbekiston shaharlarida va aholi punktlarida ruxsat berilgan maksimal tezlik yil oxirigacha 70 dan 60 km/soatgacha pasaytirilishi mumkin. Bu jamoatchilik muhokamasi uchun e’lon qilingan, 2018—2022-yillarda mamlakatda yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlash konsepsiyasi loyihasida ko‘zda tutilgan, deb yozadi “Gazeta.uz”.

O‘zbekistonda amalda bo‘lgan Yo‘l harakati qoidalari turar joy zonalari va ularga yondosh hududlarda tezlikni 30 km/soat etib cheklaydi, ammo belgilar, harakatni sekinlashtirish vositalari va nazorat yo‘qligi sababli ushbu talab ko‘pincha buziladi. O‘zbekistonda maktab va bog‘chalar yaqinida tezlikni cheklash bo‘yicha talablar yo‘q, hududlardagi mahalliy hukumat ushbu masalani mustaqil tarzda nazorat qiladi.

O‘zbekiston Yo‘l harakati qoidalari mahalliy hukumatga agar yo‘l sharoitlari xavfsiz harakatni ta’minlasa, yo‘l harakati xavfsizligi xizmati bilan kelishgan holda, yo‘lning alohida uchastkalarida yoki harakatlanish polosalarida alohida turdagi transportlar uchun tezlik rejimini oshirishga ruxsat beradi.

Яндекс.Метрика