У нас есть только
оригинальные песни

O‘zbekiston telefon tarmoqlarida 9 raqamli tizimga o‘tiladi

calendar 18.08.2018
1891

Toshkent shahar telefon tarmog‘ida 10-sentabrdan 30-sentabrgacha 9 raqamli raqamlash tizimiga o‘tish bo‘yicha ishlar amalga oshiriladi. Bu haqda kompaniya axborot xizmati ma’lum qildi.

Bugungi kunda mavjud telefon raqamini terishdan oldin “71” kodini terish kerak.

Misol:

  • Eski raqam – 278xxxx. Yangi raqam – 71 278xxxx

10—11-sentabr kunlari “Buzton”, “East telekom”, “Satkor telekom”, “Sharq telekom” operatorlar tarmog‘ida 9 raqamli raqamlash tizimiga o‘tish bo‘yicha ishlar amalga oshiriladi. Telefon raqamini terishdan oldin “78” kodini terish kerak.

Misol:

  • Eski raqam  “Buzton” 120xxxx, yangi raqam — 78 120xxxx.

Shu muddatda mobil operatorlar tarmog‘ida ham 9 raqamli raqamlash tizimiga o‘tish bo‘yicha ishlar amalga oshiriladi. Mobil telefon raqamini terishdan oldin uyali kompaniyaning kodini terish kerak.

Misol:

  • Beeline – Eski raqam 956xxxx – yangi raqam 90 956xxxx;
  • UMS – Eski raqam 426xxxx – yangi raqam 97 426xxxx;
  • Perfectum – Eski raqam 115xxxx – yangi raqam 98 115xxxx;
  • Uzmobile – Eski raqam 899xxxx – yangi raqam 99 899xxxx;
  • Ucell – Eski raqam 381xxxx – yangi raqam 93 381xxxx.
Яндекс.Метрика